Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
86
paytlarida go‗yoki, hayot to‗xtaganga o‗xshab tuyuladi. Hayvonlar quyoshdan
inlarida
yashirinib, kechasi faollashadi. Tunda qo‗ng‗iz, sichqon, chayon, ilon,
o‗rgimchak, tulkilar tez harakat qiladi. Yilning ma‘lum vaqtida (masalan, qishda)
ko‗p turlar chuqur tinimga ketadi.
Davriy o‗zgarish o‗simliklarning yaruslar bo‗ylab tarqalishida yaqqol
ko‗rinadi. Masalan, bir yillik o‗simliklar erta bahoridagi yarusda o‗sib, yoz
kelganda butunlay qurib qoladi.
Biotsenozdagi ko‗p yillik o‗zgarishlar yillar
davomida meteorologik
sharoitning o‗zgarishiga bog‗liq. Bundan tashqari, u yana edifikator o‗simliklar
hayotidagi o‗zgarishlar, hayvonlar hamda patogen
mikroorganizmlarning
ko‗payishiga bog‗liq.
XX-asr o‗rtalarida chigirtkalarning ko‗payib ketishi natijasida o‗simliklar
jamoasiga kuchli zarar yetganligi ko‗pchilikka ma‘lum. Ular o‗shanda yumshoq
g‗allasimon o‗simliklarni: pirey, koster, tipchakning 80 — 90% ni yeb bitirdi.
Tabiiyki, aynan shu davrda chigirtka yemaydigan o‗tlar ko‗payib ketdi.
Fitotsenoz yoki o‗simliklar jamoasidagi o‗zgarishlar edifikator o‗simliklar
hayotiga bog‗liq.
Jamoalarda qonuniy ravishda bir yo‗nalishda jonli organizmlar o‗rtasidagi
o‗zaro munosabatlar va ularni o‗rab olgan muhit bilan bo‗ladigan
munosabatlar
tufayli sodir bo‗ladigan o‗zgarishlarni
Dostları ilə paylaş: