Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
85
Yer yuzidagi ekotizimlarda biomassalar piramidasi, son piramidasi
qonuniyatlari qayd etiladi, ya‘ni o‗simliklarning
umumiy massasi, soni ularni
eydigan hayvonlarning massasiga va soniga nisbatan ko‗p.
Ekotizimlar mahsuldorligi qonuniyatlarini o‗rganish, energiya oqimi
miqdorini hisobga olish amaliyotda katta ahamiyatga ega.
Odamlar tomonidan foydalanadigan agrotsenozlar (birinchi mahsuldorligi)
mahsulotlari, insoniyat jamiyatining ovqat zahirasi hisoblanadi. Ikkilamchi
mahsuldorlik, ya‘ni chorva mollari hisobiga olinadigan
mahsuldorlik ham katta
ahamiyatga ega.
Energiya oqimi va ekotizimlar mahsuldorligini aniq hisobga olish, ulardagi
modda aylanishini boshqarish orqali odamlar uchun ko‗proq hosil olishda yordam
beradi.
Bundan tashqari tabiatdan o‗simlik va hayvonlar biomassasining qanchasini
olish mumkinligini bilishimiz ham kerak.
Ularga zarar keltirmaslik, Yerning eng
yuqori biologik mahsuldorligini bilish maqsadida chet mamlakatlarda 1969-yildan
buyon xalqaro biologik dastur bo‗yicha ilmiy izlanishlar olib boriladi.
Birlamchi biologik mahsuldorlikning o‗sish tezligi o‗simliklarni fotosintezi
imkoniyatlariga bog‗liq.
O‗simliklar jamoasida fotosintezning foydali ish koeffitsenti bor yo‗g‗i 5% ni
tashkil qiladi.
Umuman, Yer shari bo‗yicha o‗simliklar tomonidan quyosh energiyasining
faqat bir foyizigina o‗zlashtiriladi. Chunki fotosintez faolligi ko‗plab
omillar
ta‘sirida cheklandi.
Yer yuzida birlamchi biologik mahsuldorlik notekis taqsimlangan. Eng yaxshi
ekologik sharoitda, namlik, yorug‗lik, mineral tuzlar, issiqlik yetarli bo‗lgan
joylarda o‗simliklarda eng yuqori o‗sishi kuzatiladi.
Shimoliy muz okean sohillari ekotizimlar mahsuldorligi 20 ts
ga, qora
dengizning Kavkaz tomon sohilida u 200 ts
ga dan oshadi. O‗rta Osiyo cho‗llarida
esa mahsuldorlik 3 — 20 ts
ga ni tashkil etadi
19
.
Dostları ilə paylaş: