Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
83
bog‘lanishlar mana shu topik va trofik bog‘lanishlar
orqali amalga oshadi va
organizmlarning jamoada bog‘lanishiga sabab bo‗ladi.
Forik bog‘lanishlar
–bir turning tarqalishida boshqa bir turning
qatnashuvidir. Bunda asosiy rolni hayvonlar o‗ynaydi.
Hayvonlar yordamida
o‗simliklarning urug‘lari, sporalari va changlari tarqaladi.
Hayvonlar o‗simliklar urug‘larini passiv va aktiv yo‗llar orqali tarqatishi
mumkin. Passiv yo‗l orqali tarqalishiga misol qilib hayvonlarning to‗satdan
o‗simliklarga tegib ketishi va ularning urug‘larini o‗ziga yopishtirib olib beixtiyor
tarqatishini olish mumkin. Masalan, sut emizuvchi hayvonlar, junlariga yopishgan
tukchali urug‘larning uzoq joylarga tarqalib ketishiga sababchi bo‗ladi.
Aktiv yo‗l bilan tarqatish –bu o‗simlik urug‘lari
va mevalarning hayvonlar
tomonidan eyilishi, hazm bo‗lmagan urug‘larning chiqarishidir.
Dostları ilə paylaş: