1 -LABORATORIYA ISHI.
Mavzu: Ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining mikroiqlim holatini tekshirish.
Ishning maqsadi: Ish joylarida mikroiqlim sharoitlariga bo'lgan talablar bilan tanishish va havoning haroratini, nisbiy namligini, atmosfera bosimini, harakatlanish tezligini aniqlash bo'yicha amaliy ko'nikmalar hosil qilish.
Mashg'ulot rejasi:
1. Umumiy ma'lumotlar.
2. Ishni bajarish tartibi.
3. Hisobot tarkibi.
Mashg'ulot uchun kerakli jihozlar: termometr, psixrometr, gigrometr MV-1 yoki gigrograf M-21, barometr MD-49-A, barograf M-22 yoki M-22S, anemometr, aktinometr.
Topshiriqlar:
1. Mikroiqlim ko'rsatkichlariga bo'lgan sanitar-gigienik me'yorlar bilan tanishing.
2. Mikroiqlim ko'rsatkichlarini aniqlovchi asboblar bilan tanishing va ularning ishlash tartibini o'rganing.
3. Ish joyi havosining haroratini, nisbiy namligini, atmosfera bosimini va harakatlanish tezligini aniqlang va sanitar-gigienik me'yorlar bilan solishtirib xulosalang.
4.Quyida ko'rsatilgan tarkibda hisobot tayyorlab topshiring.
Tayanch iboralar: iqlim, mikroiqlim, harorat, nisbiy namlik, havoning tezligi, issiqlik nurlanishi, termometr, psixrometr, anemometr, katatermometr, barometr, aktinometr.
Umumiy ma'lumotlar.
Ishlab chiqarish jarayonida ish joyining mikroiqlim holati, havoning harorati, nisbiy namligi, atmosfera bosimi va harakatlanish tezligi bilan xarakterlanadi. Bu ko'rsatkichlarning me'yoriy mikdorini belgilashda ishning turi, xarakteri va tashqi muhitning harorati hisobga olinadi.
Mikroiqlim ko'rsatkichlarining sanitar-gigienik standartlarda belgilangan me'yoriy miqdorlardan chetga chiqishi inson organizmining fiziologik funksiyalariga hamda tananing harorat almashinuv reasiyasiga salbiy ta'sir ko'rsatadi va baxtsiz hodisalarni kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Ma'lumki, inson organizmida ichki reaksiyalar ta'sirida uzluksiz issiqlik ajralib chiqadi va uning miqdori ish turiga bog'liq holda sutkasiga 10500 Kj. dan 25000 Kj. gacha etadi. Sog'lom inson tanasining harorati doimiy 36-370S bo'ladi. Shu sababli tashqi muhit haroratining o'zgarishi natijasida organizmda oksidlanish jarayonning intensivligini ko'paytiruvchi yoki kamaytiruvchi termoregulyasiya jarayoni (kimyoviy termoregulyasiya) yuzaga keladi.
Shuningdek tanada issiqlik nurlanishi, konveksiya va terining yuza qismi orqali ter ajralib chiqishi (fizik termoregulyasiya) orqali atrof-muhitga issiqlik uzatish jarayonlari amalga oshadi.
Atrof-muhitning me'yoriy haroratida (18-200С) inson tanasidan issiqlik nurlanishi orqali 44%, konveksiya tufayli – 33%, ter ajralib chiqish orqali 23% issiqlik ajralib chiqadi. Muhit haroratining o'zgarishi bu mutanosiblikni o'zgarishiga sabab bo'ladi. Masalan, haroratning +300С.ga etishi natijasida ter ajralib chiqishi orqali issiqlik uzatish 50% gacha etadi.
Dostları ilə paylaş: |