1 -laboratoriya ishi. Mavzu: Ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining mikroiqlim holatini tekshirish. Ishning maqsadi



Yüklə 86,64 Kb.
səhifə4/5
tarix07.01.2024
ölçüsü86,64 Kb.
#205626
1   2   3   4   5
1-laboratoriya

1.2.-Rasm. Psixrometr
a -Avgust psixrometri; b -Assman (aspirasion)psixrometri.


Havoning bosimini aniqlash.Havoning bosimi MD-49A, BAMM barometrlari va M-22N, M-22S barograflari yordamida aniqlanadi. Barometrlar simob yordamida (simobli barometrlar) yoki mexanik tarzda (barometr-aneroid) ishlashi mumkin.
Havoning harakatlanishi tezligini aniqlash.Havoning harakatlanishi tezligini aniqlash uchun anemometrlar va katatermometrlardan foydalaniladi. Anemometrlar qanotli va kosachali bo'lishi mumkin. Bunday anemometrlar havoning tezligi 9...20 va 0,5....10 m/s bo'lgan holatlarda ishlatiladi.

7.3.-Rasm. Anemometrlar
a -qanotli; 1-qanot o'qi; qanot; 3-hisoblagich;
b -kosachali; 1-krestovina; 2-kosacha; 3-hisoblagich.

Anemometrlarning asosiy qabul qiluvchi qismi kosachali yoki qanotli parraklardan iborat bo'lib, shamol ta'sirida ushbu parraklar harakatga keladi. Hisoblash mexanizmi yordamida esa anemometr ko'rsatkichlarining (siferblat) mikdori aniklanadi. Havoning xaqiqiy tezligi anemometr harakatga keltirilgach 1...2 minutdan so'ng hisoblash mexanizmining ko'rsatkichi asosida maxsus grafikdan aniqlanadi.






1.4.-Rasm. Katatermometrlar
а-silindrsimon; b-sharsimon


1.5.-Rasm. Aktinometr
а- asbobning old tomoni;
б- asbobning qopqoq ochiq holatdagi orqa tomoni.

Katatermometrlarning ishlash usuli isitilgan spirtning shamol ta'sirida sovushiga aoslangan. Havoning harakatlanish tezligini aniqlash uchun katatermometr haroratini 60….70 0Сga tushish vaqti aniqlanilib, maxsus jadval asosida shamolning tezligi aniqlanadi (jadval katatermometr pasportida ilova qilingan bo'ladi).


Yuqoridagi ko'rsatilgan mikroiqlim ko'rsatkichlaridan tashqari issiqlik ajralib chiqishi bilan kechadigan ish joylarida issiqlik nurlanishi sodir bo'lishi mumkin. Issiqlik energiyasi nurlanishi aktinometr yordamida o'lchanadi. Bu asbob yordamida 250Vt/m2 dan ortik issiqlik oqimi zichligini o'lchash mumkiн.



Yüklə 86,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin