Fabrik bog‘lanishlar da bir tur ba‘zan o‗z faoliyatlarida boshqa turlar
qoldiqlarini ishlatadi. Masalan, qushlar o‗ziga uya qurganda daraxtlarning
mayinroq shoxchalarini, sut emizuvchilarning junini, o‗tlarni va barglarni ishlatadi.
Biotsenozda turlarning yo‗qolish sabablari : Tarixda biotsenoz ichidagi
turlar va ularning genetik xilma- xilligining kamayishiga inson faoliyati sabab
bo‗lgan, inson o‗rmonlarni kesgan, botqoq va ko‗llarni quritgan, yangi erlar ochib
dehqonchilik bilan shug‘ullangan va foyda ko‗rgan. Katta maydonlarga boshoqli
don ekinlar va yuqori hosilli navlar yaratilgan. Hozirgi kunda xam cho‗l, dasht
zonalari o‗zlashtirilmoqda, o‗tloqzorlar kamayib ketmoqda, suv omborlarida
suvning gullashi kuzatilmoqda.
Mikroorganizmlar,o‗simlik va hayvonlarning biologik xilma- xilligi, boyligi
insoniyatning yashab qolishining fundamental asosi hisoblanadi. Turlarning
―genetik resursi‖ biotsenozning genetik xar xilligi, boyligi bo‗lib, tarixda
jamiyatning iqtisodiy talabini xar tomonlama qondirib kelgan. Bu xar xillik turlar
va turlarning vakillari ichida bo‗ladi. Genetik resurslar asosida yovvoyi va
madaniy o‗simliklar, hayvonlar turlarining genofondi yotadi.
Ozuqa zanjiri deganda biz nimani tushunamiz? Jamoalardagi ozuqa zanjiri bu
energiyaning bir organizmdan ikkinchisiga berilish ketma–ketligidir. ―O‗simlik-
xashorat-baqa-ilon-kalxat‖ ozuqa zanjirida birinchi bo‗g‘indan keyingilariga qarab
biomassa kamayib boradi. Ekotizimlar oziq to‗rlari orqali o‗zaro bog‘langandir.
Konsumentlar tomonidan qabul qilingan ozuqalar to‗liq o‗zlashtirilmaydi va
uning ma‘lum bir qismi tashqi muhitga qaytariladi. Hayvonlarda ozuqa
moddalarning o‗zlashtirilishi 30% dan 70% gachani tashkil qiladi.
Energiyaning ko‗p qismi nafas olishga sarflanadi, qabul qilingan ovqatning oz
qismi organizmlarning o‗sishiga ketadi.
Ekotizim