Temur tuzuklari



Yüklə 39,1 Kb.
səhifə1/7
tarix22.12.2022
ölçüsü39,1 Kb.
#77311
  1   2   3   4   5   6   7
Amir temur234 (2)


AMIR TEMUR TUZUKLARI DAVLAT BOSHQARUVI TO`G`RISIDAGI MUHIM MANBA SIFATIDA

Reja:


Kirish

  1. "TEMUR TUZUKLARI" 

  2. Temur tuzuklari – davlat va jamiyatni idora qilishga oid qonun qoidalar

  3. Temur tuzuklarida jamiyat toifalari to’g’risida.

  4. «Kuch - adolatdadir» iborasining mazmun va mohiyati
    Xulosa .
    Foydalanilgan adabiotlar .



Kirish
Sohibqiron ilgarigi davrlardan farqli holda, jamiyatdagi barcha tabaqalarning haq-huquqlari va manfaatlarini inobatga olib, ularning hayoti uchun zarur ijtimoiy zaminni vujudga keltirgan. Har bir toifaning haq-huquklari, burch va majburiyatlari oʻziga xos qonun bilan kafolatlab qoʻyilgan.
Amir Temurning ulkan xizmatlaridan yana biri davlat boshqaruvini tashkil qilish bilan bogʻliq. Hokimiyatning qonun chiqaruvchi va ijroiya tarmoqlariga boʻlinishiga asoslangan mazkur tizimni joriy etishda Amir Temur koʻr-koʻrona emas, balki oʻzi yashab turgan voqelikni nazarda tutgan holda ish yuritgan.
Amir Temur oliy davlat idorasi maqomida qurultoyni belgilagan. Bugungi tushunchadagi kongress, assambleya, majlis, syezd kabilarga toʻgʻri keladigan ushbu siyosiy institut boshqaruv mahkamasi va davlat ahamiyatiga molik boʻlgan eng asosiy masalalarni hal etib, unda saltanatdagi barcha yirik siyosiy, iqtisodiy, harbiy va madaniy soha namoyondalari ishtirok etgan.
Davlatni mustahkamlash, jamiyatni rivojlantirish borasida ijro etuvchi tizim — vazirliklarning oʻrni muhim boʻlgan Amir Temur davrida siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, madaniy munosabatlarni toʻgʻri yoʻlga qoʻyib, ulardan jamiyat manfaati yoʻlida foydalanish uchun qatʼiy intizomga asoslangan, talabchan ijroiya mexanizmi zarur edi. Sohibqiron ana shunday tizimni yarata olgan.
Amir Temur saltanatining ijro etuvchi tizimidagi sakkiz vazirlik va yana bir necha muassasalar moliya, soliqlar, daromad va xarajatlar, mulkchilik, yetishtiriladigan hosil, chorva, yaylovlar ahvoli, obodonchilik, xabar va pochta, harbiy va adliya sohalarini boshqargan. Masalan, harbiy ishlar vazirligi harbiylarga maosh berish, ularga tegishli mulklarni boshqarish, qurol-aslaha taʼminoti, harbiy mashqlarni tashkil etish kabi vazifalar bilan bir qatorda, isteʼfoga chiqqan, urushda yarador boʻlib, mehnat qobiliyatini yoʻqotganlarga nafaqa belgilash kabi yumushlarni ham bajargan

Yüklə 39,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin