Temur tuzuklari


Temur tuzuklarida jamiyat toifalari to’g’risida



Yüklə 39,1 Kb.
səhifə4/7
tarix22.12.2022
ölçüsü39,1 Kb.
#77311
1   2   3   4   5   6   7
Amir temur234 (2)

Temur tuzuklarida jamiyat toifalari to’g’risida.
Amir Temur o‘zining “Tuzuklari”da vazirlar qanday bo‘lishlar zarurligi haqida ham fikr bildirib, jumladan shunday deydi: "Amir qildimki, vazirlar ushbu to‘rt sifatga ega bo‘lgan kishilardan bo‘lishlari lozim; birinchisi - asillik, toza nasllik; ikkinchisi - aql farosatlilik; uchinchisi - sipohi - raiyat ahvolidan xabardorlik ularga nisbatan xushmomalalik bo‘lishlik; to‘rtinchisi - sabr - chidamlik, tinchliksevarlik. Kimki, shu to‘rt sifatga ega bo‘lsa, unday odamni vazirlik martabasiga loyiq deb bilsinlar. Uni vazir yoki maslaxatchi etib tayinlasinlar. Bunday vazirga to‘rt imtiyoz; ishonch, e’tibor, ixtiyor va iqtidor berilsin16.
Sohibqron vazirlarga xos bo‘lgan noyob fazilatlarni sanar ekan, yana bunday deb yozgan edi: “Kamolga erishgan vazir ul kim, davlat muomalasini tartibga keltirib, mulkiy va moliyaviy ishlarni to‘g‘rilik bilan asl-nasli tozaligini ko‘rsatib ajoyib tarzda ko‘rsatadi”.
Uning takidlashicha: “qaysi vazir soflilik, to‘g‘rilik bilan vazirlik ishiga kirishib, davlatning, moliyaviy-mulkiy ishlarini diyonat, savob bilan nafsi buziqlik qilmay, omonatga xiyonat etmay, bajarar ekan, unday vazirni eng oliy martabalarga yetkasinlar”.
Ma’lumki, Amir Temur bir vaqtlar o‘zi ham vazir bo‘lgan. Shuning uchun uning barcha siru-asrorlaridan voqif bo‘lgan. Bu haqida uning o‘zi shunday deydi: “Xalqqa yordamu-madat berish maqsadida men ham Tug‘luq Temurxonning o‘g‘li Ilyosxo‘jaga vazirlik hamda sipohsolarlik qilishga rozi bo‘lgan edim. Tangri Taoloning bandalariga yordam qilganimdan bo‘lsa kerakki, Olloh Taolo menga saltanat martabasiga yetkazdi”.
Xos ul-xos navkarlarimdan uch yuz o‘n uch kishiga amirlik mansabi berishni buyurdim, chunki ular asli toza, pok nasllik, aql-farosatlik, bahodir, dovyurak, tadbirkor, sergak, ehtiyotkor, oldini va orqasini o‘ylab ish tutadigan kishilar edi. Ularning har biriga o‘rin bosar tayinladim. Agar amirlardan birontasi vafot etsa, u holda, o‘rinbosari uning o‘rniga o‘tiradi. Uni amirlikka nomzod (muntazir ul amorat) deb aytadilar17.
Tajribalardan sinab bildimki, jangning sir asrorlarini, g‘anim askarlarini sindirish yo‘lini bilgan, jang qiziganda o‘zini yo‘qotmasdan, qo‘l-oyog‘i bo‘shamasdan, lashkar favjlarini jangga boshlay oladigan, raxna tushsa uni tezda tuzata oladigan kishi amirlik va hukmdorlikka loyiq hisoblanadi.
Amirliklarda amirlar, mingboshilar, yuzboshilar, o‘nboshilar va boshqa sipohiylarga quyidagi tartibda moash berilgan: oddiy sipohiyga o‘z vazifasini o‘rinlatib bajarishi sharti bilan maoshi mingan otining bahosi bo‘lgan. Bahodirlarning maoshi ikki ot bahosidan to‘rt ot bahosigacha, o‘nboshilar maoshi qo‘l ostidagi oddiy sipoxiylardan o‘n baravar ortik, yuzboshilar maoshi o‘nboshilarga qaraganda ikki baravar ko‘p, mingboshilarniki esa ziyoda etib belgilangan.
Sipohiylardan qaysi biri xatolikka yo‘l qo‘ysa, maoshidan o‘ndan birini kamaytirganlar
Amir Temur saltanatni o‘z erkida saqlash uchun o‘z erkida saqlash uchun o‘n ikki narsani o‘ziga shior qilib oldi jumladan: o‘z so‘ziga ega bo‘lish, ishini o‘zi bilib qilish, ya’ni raiyat podshosining ayttan so‘zini, qilgan ishini o‘zi aytishi. “Sultonni har narsada adolat-pesha bo‘lishi, qoshida insofli, adolatli vazirlar saqlashi, toki podshox zulm qilgudek bo‘lsa, odil vazir uning chorasini topsin”. Butun mamlakatda buyruq farmon berish ishlarining podsho ixtiyo-rida bo‘lishi. Podshoxning o‘z qarorlarida bo‘lishi, ya’ni har qanday ishni qasd qilar ekan, to bitirmaguncha undan qo‘l tortmaslik.
Podshoxlik ishlarini tamoman boshqaga topshirib, erkni unga berib qo‘ymaslik. Saltanat ishlarida har kimning so‘zini eshitish, har kimdan fikr olish, qaysi biri foydaliroq bo‘lsa, uni ko‘ngil xazinasida saqlab, vaqtida ishlatish. Saltanat ishlarida sipoxu raiyatga bog‘liq masalalarda boshqalarning so‘z va fe’liga qarab amal qilmaslik. Podshoh hayati sipoxu raiyat ko‘nglida shunday o‘rnashgan bo‘lishi kerakki uning amr-farmoniga hech kim qarshilik qilishga jur’at etolmasin. Podshoh nima qilsa o‘z erkicha qilsin, nima desa o‘z so‘zida tursin. Saltanat ishlarida, hukm yurgizishda podshox o‘zini yagona bilib, hech kimni o‘ziga saltanat sherigi qilmasin. Podshoh majlis ahvolidan ogoh va hushyor bo‘lsinkim, ular ko‘pincha ayb axtarib, uni tashqariga tashiydilar.
Amir Temur o‘z tuzuklarida davlat arboblarining va qo‘shin boshliqlarining ham burch hamda vazifalari xususida o‘z fikrlarini bayon qiladi. Vazirlarning xizmat qilish turi quyidagicha amr etilgan: To‘rt vazir har kuni devonxonada hozir bo‘lsinlar. Birinchi-mamlakat va raiyat vaziri, bu vazir mamlakatdagi muhim ishlarni, kundalik muammolarni, raiyat ahvolini, viloyatlardan olingan hosil, soliq, o‘lponlar, ularni taqsimlash, kirim-chiqimlarni, mam-lakat obodonchiligini, aholining farovonligini, xazinani qanday qilib tartibga keltirayotganini menga bildirib tursin.
Ikkinchi-sipoh vazirdirkim, u sipohiylarning maoshlari, tanholarini boshqarsin va tarqoq holatga tushib qolmasligi uchun doimo sipoh ahvolidan ogoh bo‘lib tursin, ularning ahvoli to‘g‘ri-sida menga xabar berib tursin.
Uchinchisi-egasiz qolgan, o‘lib ketgan, qochganlarga tegishli mollarni, kelib-ketayotgan savdogarlar mol-mulkidan olinadigan zakot va bojlarni, mamlakat chorvalarini, ularning o‘tloq va yaylov-larni boshqarib, bularning hammasidan yig‘ilgan daromadlarni omonat tarzida saqlaydigan vazirdir.
To‘rtinchisi-saltanat ishlarini yurituvchi vazir. U butun saltanat idoralarining kirim-chiqimlari, xazinadan sarf qilingan taom xarajatlardan ogoh bo‘lishi kerak. Shu tariqa Amir Temur barcha davlat arboblarini hamda qo‘shin boshliqlarining burch va vazifalarini belgilab bergan18.



Yüklə 39,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin