Toshkent 2020 yil


Bu migratsiyani ikkita qarama



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/452
tarix02.12.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#171372
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

Bu migratsiyani ikkita qarama

qarshi, 
ammo, o‗zaro bog‘langan jarayon keltirib 
chiqaradi:
1).
Quyosh 
energiyasi 
hisobiga 
anorganik 
tabiat 
elementlaridan 
tirik 
moddaning tarkib topishi;
2). Organik moddalarning energiya 
ajralib chiqishi bilan birga davom etadigan 
yemirilishi
. Bunday emirilish jarayonida 
organik 
moddalar 
mineral 
moddalarga 
aylanadi. 
Turli moddalarning migratsiya qobiliyati 
mutlaqo 
bir 
xil 
emas. 
Lekin 
davriy 
sistemadagi 
kimyoviy 
elementlarning 
ko‗pchiligi 
biosferada 
faol 
ravishda 
migratsiyalanish qobiliyatiga ega.


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
74 
Bunday faol migrantlarni ikki guruhga bo‗lish mumkin:
1.
Havo migrantlari
– ular migratsiya jarayonida gazsimon fazani bosib 
o‗tadi (kislorod, azot, uglerod, vodorod).
2

Suv migrantlari
oddiy yoki kompleks ionlar, yoxud molekulalar tarzida 
migratsiyalanuvchi elementlar. Bular jumlasiga Na, F, S, Cl, K kabi elementlar 
kiradi. 
 Tabiatdagi 
organik 
moddalarning 
paydo 
bo‗lishida 
havodagi 
migratsiyalanuvchi elementlar muhim ahamiyatga egadir, ular orasida SO
2
, O
2

N
2
98,3 foizni tashkil qiladi.
 
Biosfera juda katta makonni egallagani tufayli va sayyoraning turli xil mineral 
qobiqlariga kirib borish imkoniyatlariga ega bo‗lganligi uchun organizmlar 
tarqalgan muhit, ya‘ni yashaydigan sharoitlar nihoyatda har xil bo‗ladi. 
Shunday qilib, biosfera Yerda hayot vujudga kelgandan keyin va uning bir 
necha milliard yillar davomida rivojlanishi hamda evolyutsiyasi natijasida hosil 
bo‗lgan juda murakkab va bir-biri bilan uzviy bog‘liq strukturadan tashkil topgan 
tizim, Yer kurrasining noyob qobig‘idir. Global miqyosda biosferani ekotizimga 
qiyoslasa bo‗ladi. Bu ekotizimning har bir struktura elementi biror sabab bilan o‗z 
funktsiyasini bajara olmay qolsa, u vaqtda biosferaning normal hayotiy jarayonlari 
buzilib, biogeokimyoviy muhitning buzilishiga, va hatto ba‘zi bir biologik 
turlarning mutlaqo yo‗q bo‗lib ketishiga sabab bo‗ladi.
 
Shuni alohida ta‘kidlab o‗tish kerakki, hozirgi fan va texnika taraqqiyoti 
davrida insonning ta‘siri birinchi navbatda biosferaning mahsuldorligiga, uning 
energiya balansiga qaratilgandir. 

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin