Sanoatda titrash va shovqindan saqlanish usullari



Yüklə 23,68 Kb.
səhifə1/2
tarix07.01.2024
ölçüsü23,68 Kb.
#201309
  1   2
5-SANOATDA TITRASH VA SHOVQINDAN SAQLANISH USULLARI


SANOATDA TITRASH VA SHOVQINDAN SAQLANISH USULLARI
Titrash va undan himoyalanish
Titrash, insonga titrash (zirillash) bilan ishlovchi jihozlar, qurilmalar, mashina va mexanizmlar bilan bevosita muloqotda bo‘l-gan vaqtda ta’sir etadi. Titrashdan ko‘р holatlarda, ishlab chiqarish jarayonlarini intensifikatsiya-lashda ham foydalaniladi, masalan, tuproqqa ishlov beruvchi mashinalarning qarshiligini kamaytirishda, ish unumdor-ligini oshirishda, don tozalash mashinalari ish sifatini yaxshilashda va h.k. Shunga bog‘liq holda titrashlar transport, transport-tехпоlоgik va texnologik turlarga bo‘linadi. Transport titrashlar mashina yoki traktorlarning harakatlanishi vaqtida sodir bo‘ladi. Agar ushbu mashina yoki МТА harakatlanish bilan bir vaqtda biror texnologik jarayonni bajarsa, transport-texnologik titrash yuzaga keladi.
Texnologik titrashlar qo‘zg‘almas mashinalar, mexanizmlar va qurilmalarni ishlashi davrida hosil bo‘ladi. Insonni uzoq vaqtli titrash ta’sirida bo‘lishi ikki xil, уa’ni umumiy va mahalliy («lokal») kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Umumiy kasallanish doimiy titrash sharoitida 4–12 оу ishlagandan so‘ng boshlanadi. Bunda bosh og‘rig‘i, ko‘rishni susayishi, tana haroratini oshishi, oshqozon va yurak-tomir tizimida o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Lokal ko‘rinishdagi kasalliklar titrashni inson tanasining ayrim a’zolariga, masalan, qo‘1, oyoq va h.k.ga ta’sir etishi natijasida kelib chiqadi. Bunday vaqtda nerv va suyak-bo‘g‘im tizimi ish faoliyati buziladi, arterial bosim oshadi, muskul kuchlari va insonni og‘irligi kamayadi hamda tomirlarning tortishishi kuzatiladi.
Mashina va mexanizmlarning titrashini kamaytirish уo‘llari
Mashina-mexanizmlar va jihozlarning ish jarayonida
hosil bo‘ladigan titrashlarini titrash manbaiga yoki butun
tеbrапиvchi tizimga ta’sir etish уo‘li bilап kатаytirish титkип.
Zamonaviy mashina va mexanizmlar tuzilishining o‘ziga xos xususiyati shundaki, ularni tashkil etuvchi barcha elementlar o‘zaro uzviy bog‘langan hamda qo‘zg‘aluvchi qismlari katta tezlikda harakatlanadi. Shu sababli, mashinalarda turli xil rezonans chastotalar hosil bo‘ladi. Mashina va mexanizmlarda titrashni yuzaga kelishiga ularning o‘zaro birikkan detallari orasidagi oraliq o‘lchamlarda yuzaga keladigan kuch sabab bo‘ladi. Bu kuchning miqdori va o‘zgarishi ishchi a’zolarga ta’sir etuvchi kuchlanishning xususiyatiga (dinamik, statik), tizim elementlarining harakat turiga (aylanma harakat, ilgarilanma-qaytma harakat va b.), aylanuvchi detallarning balansirlanganlik darajasiga va detallar orasidagi oraliq o‘lchamlarga bog‘liq bo‘ladi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, titrashni kamaytirish уo‘llariga ishchi a’zolarga ta’sir etuvchi kuchlanishning teng ta’sir etishiga erishish, krivosharqon mexanizmlarni teng aylanuvchi mexanizmlarga almashtirish, gidrouzatmalardan foydalanish, o‘zaro birikuvchi detallar sirtining tozalik va aniqlik sinfini oshirish kabilar kiradi.
Titrash holatida bo‘lgan jihozlar bilan ishlashda ham turli xil vositalardan foydaniladi. Masalan, qo‘1ni titrashdan himoyalash uchun har xil titrashdan himoyalovchi qo‘lqoplar ishlatiladi. Bunga havo yostig‘iga ega bo‘lgan va elastik materialdan tayyorlangan qo‘lqop misol bo‘lа oladi. Oyoqqa uzatiladigan titrashlardan himoyalanish uchun esa turli xil titrashdan himoyalovchi poyabzallardan foydalaniladi. Bundan tashqari, turli xil titrashdan himoyalovchi moslamalardan («vibroizolator») foydalanish ham yaxshi samara beradi. Bularga AKSS-15М, AKSS-25M, AKSS-400I larni misol qilish mumkin.


Yüklə 23,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin