Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
67
Noosfera ta'limoti asosida yotgan bosh mezon
–insonning to'liq
shaklIanmagan tirik organizm ekanligi. Ammo u o'z qonunlari asosida,
shu bilan
birga hamisha tabiat ichida yashaydi va uning bir bo'lagidir. Bu– inson va uni o'rab
turgan muhit bir-biri bilan uzliksiz bog'liq ekanligini ko'rsatadigan xususiyatdir.
Biosfera tabiatining bir bo'lagi bo'lgan inson turmush tarzigagina emas, balki
uning fikrlashiga ham ta'sir ko'rsatadi.
Vemadskiy shunday deb yozadi:
―Biosfera degan yangi tushunchani
kiritmoqdaman. Biosfera insoniyatni butun tarixiy jarayon bo'ylab olib o'tadi va bu
jarayon tirik moddalar biokimyoviy tarixining davomi bo'lib xizmat qiladi‖.
Odamzod
biosferada
hech
qachon
o'zini
o'zi
yo'q
bo'lib
ketishiga
yo'l qo'ymaydi, fan ham hech qachon antinoosfera kuchlarga xizmat qilmaydi.
Hozirgi fan va texnika taraqqiyoti ―Kosmosda hayot bormi?‖, ―Boshqa
pianetalarda hayot bormi?‖ -degan savollarga javob topishni taqazo etadi.
Bular
xususida insoniyat hozirgi va kelajak fanini o'rganib, aniq bir fikrga keladi va
noosferada aqI-idrok bilan hayot kechiradi.
Dostları ilə paylaş: