102
nazorat qilishi kerak va konverterni aylantirib, havo yo‘lini oq shteynga
yo‘naltirishi lozim.
Amaliyotda jarayonning ikkinchi bosqichi uzluksiz, taxminan 2–3 soat
davomida o‘tkaziladi, jarayonning yakunlanishi maxsus kimyoviy tahlil orqali
aniqlanadi.
Shteynni
purkashdan oldin konverter, yoqilg‘i yondirish yoki oldinga
o‘tgan jarayon hisobiga yuqori haroratda isitilgan bo‘ladi. Aniqlangan ekzotermik
reaksiyalar borishi davomida ajralib chiqqan issiqlik jarayon talab qilgan issiqlikni
to‘la qondira oladi.
Issiqlikning ortiqcha qismi eritilgan moddalarning haroratini orttirishga
sarflanadi. Haroratning ortish tezligi birinchi bosqichda 0,9–3
0
C/minutni va
ikkinchi bosqichda 0,15–1,2
0
C/minutni tashkil qiladi.
Toshqolni pechdan chiqarish paytida eritmaning harorati pasayadi,
uning
yuqori issiqlik o‘tkazish qobiliyatiga ega ekanligi sababli haroratning pasayish
tezligi ancha ortadi va 3–8
0
C/minutni tashkil qiladi.
Mis shteynlarida rux va qo‘rg‘oshindan boshqa bir qator nodir va zarrali
ikkilamchi metallar bor. Amaliyotdan ma’lumki, shteyn tarkibidagi zararli
moddalar gaz bilan quyidagi darajada yo‘qotiladi %: 84 As, 73 Sb va 96 Bi.
Konvertorlash davomida xomaki mis tarkibiga 70–80 % selen va 40–50 %
tellur o‘tadi. Reniy deyarli to‘liq gaz fazasiga ajralib chiqadi. Bunday gazlar bir
qator foydali elementlarga boy va alohida ajratib olish anchagina iqtisodiy samara
beradi.
Konverterda furmadan chiqayotgan havoning boshlang‘ich tezligi 100–170
m/s ni tashkil qiladi. Havo oqimining katta tezligi oksidlantirish
reaksiyalarining
tez va to‘liq o‘tishiga yordam beradi.
Konverterda ortiqcha issiqlikning borligi unda sovuq ikkilamchi
moddalarni eritishga imkon yaratadi. Aylanuvchi (oborot) sovuq materiallarning
soni shteyn massasiga nisbatan 20–25 % ni tashkil qiladi.
103
Jarayonning ikkinchi bosqichida konvertorlashdan umumiy ajralib
chiqadigan issiqlik 20 % ni tashkil qiladi. Ayniqsa, bu davrda issiqlik ortiqcha
bo‘lib, sovuq moddalarni qo‘shish imkoniyati bo‘ladi.
Konverter jarayonini takomillashtirish yo‘llaridan biri – bu katta mablag‘
sarfini talab qiladigan ishlardan asosiylari – mexanizatsiyalash va avtomatlash,
o‘tga chidamliroq olovbardosh g‘ishtlarni ishlatish
va asosiy kimyoviy
reaksiyalarni tezlashtirishdir.
Reaksiyalarni
tezlashtirish
uchun
kislorodga
boyitilgan
havodan
foydalanish katta ahamiyatga ega. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, ishlab chiqarish
unumdorligi kislorodga nisbatan o‘sishidan ko‘ra yuqoriroqdir. Masalan, havodagi
tarkibi 23,3% bo‘lsa (nisbiy boyitish 11,5 %), konverterni ishlab chiqarish
unumdorligi 14,1 % ga ortadi. Havoning kislorodga boyitish darajasini 25,3 % ga
olib chiqish unumdorlikni 38,7 % ga oshiradi. Faqat bu tadbirni qo‘llashda
haroratning keskin ortishi natijasida olovbardosh g‘ishtlarning tezda ishdan
chiqishini e’tiborga olish lozim.
Konverter jarayonining asosiy kamchiliklaridan biri – uning davriyligidir.
Hozirgi davrda uzluksiz jarayonni yaratish yo‘nalishida ilmiy izlanishlar olib
borilayapti. Jarayonni amalga oshirish qiyinchiliklari ikki bosqichli bo‘lib, birinchi
bosqichi toshqolni yo‘qotishdir.
Jarayonning ikkinchi katta kamchiligi – bu ajralib
chiqayotgan sulfidli
gazlarning atrof-muhitni zaharlashidir. Ustki qismi yopiq konverterlarni qo‘llash
va hamma gazlarni sulfat kislotasini olishga yuborish maqsadga muvofiq bo‘lar
edi.
Konverter toshqollarida 3,0–3,5 % mis bor, bu yarim mahsulot hisobla-
nib, qaytadan yallig‘ pechga yuklanadi. Toshqolda 27–29 % kremniy dioksidi
bo‘lsa, yallig‘ pechda qayta ishlash deyarli qiyinchilik tug‘dirmaydi.
Toshqollarni flotatsiya bilan boyitishda uning tarkibida faqat 18–20 % SiO
2
bo‘lishi kerak.
104
II bosqich temir sulfidining (FeS) shteyn tarkibidagi faolligining kamayishi
bilan boshlansa-da, Cu
2
S faolligi ortib boradi. Bu o‘z
navbatida, temir oksidi (FeO)
faolligining kamayishiga olib keladi:
(Cu
2
O)
toshq
+(FeS)=(Cu
2
S)+(FeO) (1.73)
Eritmada mis sulfidi (Cu
2
S ) va temir sulfidining (FeS) yuqori tezlikda
oksidlanishi mobaynida FeS shteyn tarkibida bor-yo‘g‘i 3–4 % qolgan bo‘ladi.
Konverterlashning II bosqich jarayonining kimyoviy reaksiyalari quyidagilar:
Cu
2
S+O
2
=2Cu+SO
2
(1.74)
2Cu
2
S+3O
2
=2Cu
2
O+2SO
2
(1.75)
Cu
2
S+2Cu
2
O=6Cu+SO
2
(1.76)
Shunday qilib, 1250
0
C harorat ostida olib borilgan II bosqichdagi xomaki
mis olish jarayoni so‘nggi ikkita reaksiya bilan yakunlanadi. Shu qatorda, xomaki
mis olish jarayonida unga yo‘ldosh bo‘lgan qimmatbaho nodir metallar: oltin va
kumush ham shteyn tarkibiga o‘tadi va keyingi jarayonlarda ajratib olinadi.
Shuningdek, rux konverterlash mobaynida toshqol va chang tarkibiga o‘tadi.
Chang tarkibidagi Zn 15–20 %ni tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: