A. A. Yusupxodjayev,B. T. Berdiyarov



Yüklə 2,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/102
tarix03.12.2023
ölçüsü2,63 Mb.
#171833
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   102
OG‘IR RANGLI METALLAR METALLURGIYASI ДАРСЛИК

Nazorat savollari
 
1. Konvertelash jarayonida oksidlanish va shlak hosil bolish sharoitlari? 
2.
Temir sulfidining oksidlanishi natijasida hosil bo‘lgan oltingugurt qaysi 
jarayonga ketadi?
 
3.
Konverterlash so‘zi nimani anglatadi?
 
4.
Konverterlash jarayoni necha bosqichdan iborat?
 
 


108 
1.15.Mis shteynlarini konverterlash jarayonining amaliyoti 
Odatda, eritish pechlarida olingan shteyn tarkibida 24–40% Cu, 24–26% S 
va 35–45% Fe bor. Shteynlarni konverterlash jarayonining maqsadi – temir va 
oltingugurtni chiqarib tashlashdir. Jarayon davrida bir qator zararli moddalar ham 
ajralib chiqadi. Oltin, kumush va boshqa nodir metallar xomaki mis tarkibiga 
o‘tadi.
Jarayon 1.16-rasmda ko‘rsatilgan maxsus dastgoh – konverterlarda o‘tka-
ziladi. Konverter tepa qismida bo‘g‘izli teshigi bor, gorizontal quvursimon 
shakldagi dastgohdir. Agregatning ichki hajmi olovbardosh g‘ishtlar bilan himoya 
qilingan. Agregatning o‘zi esa po‘lat materialdan tayyorlangan. Konverter o‘zining 
o‘qi negizida burilish va egilish imkoniyatiga ega. Zamonaviy konverterlarning 
hajmi, xomaki mis bo‘yicha, 40, 75 va 100 t ni tashkil qiladi. Ularning o‘lchamlari: 
uzunligi 6,1; 9,15 va 10,76 m va diametrlari 3,66; 4 va 4 m bo‘ladi. 
Shteynning suyuq vannasiga havo berish uchun, konverterda furmalar 
bo‘lib, har bitta furma po‘lat quvurdan tuzilgan. Undan 1,0–1,2∙10 Pa ortiqcha 
bosim bilan havo beriladi. 40 tonnali konverterda 28 dona, 75 tonnaligida esa 43–
50 dona furma bor. Katta konverter furmasining diametri 52 mm ni tashkil etadi. 
Konverterning qoplamasi va ostki qismi 350–460 mm olovbardosh g‘ishtlar bilan 
himoyalanadi. Furmali belbog‘da esa futerovkaning eni 475 mm gacha oshiriladi. 
Gazlar changtutkichlar orqali qisman sovutilib, changlari ushlanadi. 
Changtutkichlar cho‘yan yoki po‘lat plitalardan terilganida havo yoki suv bilan 
sovutiladi. Gazlar changtutkichdan kollektorga tushib, sulfat kislotasi olish uchun 
yuboriladi. Mis shteynini konverterlash davomida toshqol ajralib chiqadi, uning 
tarkibiga temir butunlay o‘tadi, oltingugurt esa SO
2
shaklida eritmadan ajralib 
chiqib, gazsimon holatga o‘tadi. 


109 

Yüklə 2,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin