108
1.15.Mis shteynlarini konverterlash jarayonining amaliyoti
Odatda, eritish pechlarida olingan shteyn tarkibida 24–40% Cu, 24–26% S
va 35–45% Fe bor. Shteynlarni konverterlash jarayonining maqsadi –
temir va
oltingugurtni chiqarib tashlashdir. Jarayon davrida bir qator zararli moddalar ham
ajralib chiqadi. Oltin, kumush va boshqa nodir metallar
xomaki mis tarkibiga
o‘tadi.
Jarayon 1.16-rasmda ko‘rsatilgan maxsus dastgoh – konverterlarda o‘tka-
ziladi. Konverter tepa qismida bo‘g‘izli teshigi bor,
gorizontal quvursimon
shakldagi dastgohdir. Agregatning ichki hajmi olovbardosh g‘ishtlar bilan himoya
qilingan. Agregatning o‘zi esa po‘lat materialdan tayyorlangan. Konverter o‘zining
o‘qi negizida burilish va egilish imkoniyatiga ega.
Zamonaviy konverterlarning
hajmi, xomaki mis bo‘yicha, 40, 75 va 100 t ni tashkil qiladi. Ularning o‘lchamlari:
uzunligi 6,1; 9,15 va 10,76 m va diametrlari 3,66; 4 va 4 m bo‘ladi.
Shteynning suyuq vannasiga havo berish uchun, konverterda furmalar
bo‘lib, har bitta furma po‘lat quvurdan tuzilgan. Undan 1,0–1,2∙10
Pa ortiqcha
bosim bilan havo beriladi. 40 tonnali konverterda 28 dona, 75 tonnaligida esa 43–
50 dona furma bor. Katta konverter furmasining diametri 52 mm ni tashkil etadi.
Konverterning qoplamasi va ostki qismi 350–460 mm olovbardosh g‘ishtlar bilan
himoyalanadi. Furmali belbog‘da esa futerovkaning eni 475 mm gacha oshiriladi.
Gazlar changtutkichlar
orqali qisman sovutilib, changlari ushlanadi.
Changtutkichlar cho‘yan yoki po‘lat plitalardan terilganida havo yoki suv bilan
sovutiladi. Gazlar changtutkichdan
kollektorga tushib, sulfat kislotasi olish uchun
yuboriladi. Mis shteynini konverterlash davomida
toshqol ajralib chiqadi, uning
tarkibiga temir butunlay o‘tadi,
oltingugurt esa SO
2
shaklida eritmadan ajralib
chiqib, gazsimon holatga o‘tadi.