A. A. Yusupxodjayev,B. T. Berdiyarov


-rasm. Gorizontal konverter



Yüklə 2,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/102
tarix03.12.2023
ölçüsü2,63 Mb.
#171833
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   102
OG‘IR RANGLI METALLAR METALLURGIYASI ДАРСЛИК

1.16-rasm. Gorizontal konverter

1–elektr quvvati yordamida harakatga keltiruvchi yuritma; 2–reduktor; 3–
qoplama uchun mo‘ljallangan uskuna (salnik); 4– yuklash uchun mo‘ljallangan 
yordamchi qurilma; 5–tishli halqa; 6–tishli halqaning sirpanmasligini ta’minlovchi 
uskuna; 7–olovbardosh g‘ishtli qoplama; 8–pech bo‘g‘zi; 9–havo purkagich; 10–


110 
zalvorli, ya’ni soqqali klapan; 11–tayanch g‘altaklar; 12–purkagich quvurlar; 13–
suyuq eritmaga mo‘ljallangan cho‘mich. 
Nazorat savollari
 
1.
 
Mis shteynlarini konverterlash jarayonining amaliyoti diganda nimani tushunas?
 
2. Konverterlash pechlarida olingan shteyn tarkibi? 
3. Konverterlash tehnologiyasi? 
4. Konverter furmasining diametri qancha bo‘ladi? 
1.16.Homaki misni olovli tozalashning nazariy asoslari 
Eritish pechlarida olingan shteyn konverterlashdan keyin xomaki mis 
olinadi. Xomaki misning o‘rtacha kimyoviy tarkibi quyidagicha bo‘ladi, %:
97,5–99,5 Cu; 0,03–0,35 S; 0,01–0,1Fe; 0,1–0,5Ni; 0,05–0,26 Pb; 0,03–0,3 
As; 0,03–0,2 Sb; 0,05 gacha Bi; 0,1 gacha Sn; 0,03 gacha Zn; 0,1 Se va Te; 0,1 
O2; 0,003–0,04 (30-400 g/t) Au; 0,002–0,3 (20–3000g/t) Ag. 
Kimyoviy tarkibdan ma’lumki, misdan tashqari asosiy qo‘shimchalar 
oltingugurt, temir, rux, qo‘rg‘oshin va margimushdir. Kerakli qo‘shimchalarga 
selen, tellur, oltin va kumush kiradi. Demak, bundan ma’lumki, 5 ta kimyoviy 
elementni, imkon darajasida bir fazaga, ya’ni Su, Se, Te, Au, Ag ni anodli mis 
tarkibiga, qolgan S, Fe, Ni, Pb, Zn, As, O
2
, SiO
2
va boshqa nokerak unsurlarni 
toshqolga o‘tkazib orqaga, ya’ni avvalgi konverter pechiga suyuq holda qaytarish 
kerak. Shuning uchun ham yuqoridagi ikki guruhga bo‘lingan metallarni misdan 
xoli qilish uchun ham ikki xil tozalash usuli ketma-ket qo‘llaniladi: 
1). Olovli tozalash. 
2). Elektr toki yordamida elektroliz orqali tozalash. 
Har ikki jarayonda ham kerakli metallarning nobud bo‘lishiga qisman 
bo‘lsa-da yo‘l qo‘yiladi. Biroq nobudgarchilik uncha iqtisodiy zarar ko‘rsatmaydi. 
Chunki olovli va elektroliz tozalash paytidagi (anodli toshqol, elektrolit, eritma va 
shlamlar) ajratib olingan ikkilamchi qo‘shimchalar qayta ishlanadi va ulardagi 
kerakli metallar ajratib olinadi. 


111 
Tozalashdan keyingi olingan mahsulot tarkib va sifatliligi uchun ham 
davlat talabiga, ya’ni GOST 859–66 ga to‘liq javob berishi kerak. Ushbu talab 
bo‘yicha eng oliy tozalangan, rafinirlangan mis (MOO markasi) tarkibi 99,99 % 
dan kam bo‘lmasligi kerak. Shunday bo‘lsa-da, tozalangan mis tarkibidagi 20 ta 
kimyoviy elementning qo‘shimcha yig‘indisi 0,01 % dan oshmasligi alohida qayd 
etiladi. Ulardan 10 ta element, quyidagilar: Bi, Sb, As, Fe, Ni, Pb, Sn, S, O, Zn. 
Dunyoda 95 % dan ortiq xomaki mis ikki bosqichli tozalash jarayonidan 
o‘tadi. Bor-yo‘g‘i 5 % gina xomaki mis faqat olovli tozalashdan so‘ng olingan qizil 
mis sim yoki list holida yoki qotishma holida quyilib, xalq xo‘jaligida ishlatiladi.
Iqtisodchilarning hisobiga ko‘ra, ikki bosqichli tozalash har qanday 
sharoitda ham (garchi tarkibida oltin, kumush kam bo‘lsa-da yoki elektr toki 
qimmatga tushsa ham) iqtisodiy samara beradi. Chunki elektrolitik rafinirlash 
mobaynida qattiq holatdagi anodli mis tarkibidagi oltin, kumush, platina 
guruhidagi elementlar va nodir metallarni (Se, Te, Bi va boshqalar) to‘liq ajratib 
olish imkoniyati bo‘ladi.
Ikki bosqichli tozalashni bir bosqichli jarayonga o‘tkazish borasida olimlar 
olib borgan ayrim tadqiqotlar samarasiz yakunlandi. Chunki olovli tozalashni yo‘q 
qilib, o‘rniga elektroliz usuli bilan to‘liq tozalash ikki bosqichli tozalashdan ko‘ra 
ko‘proq xarajat sarf qildi. Bir bosqichga o‘tish borasidagi barcha izlanishlar amaliy 
ahamiyatga ega bo‘lmadi. 

Yüklə 2,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin