96
Vanyukov jarayonidan ishlab chiqarish unumdorligini
orttirishda foyda-
lanish, texnik kislorodni ishlatish va xomashyoni eritmaning ustiga yuklash ishlab
chiqarish unumdorligini 100–150 t/m
2
sutkagacha olib chiqishi mumkin. VP ni
emulsion
jarayoni deyish mumkin, chunki unda xomashyodan to‘liq foydalanish,
atrof-muhitni
muhofaza qilish, texnologiyani avtomatlash va kompleks
mexanizatsiyalash boshqa pechlarga qaraganda oson kechadi.
Vanyukov jarayonida moddalarning fizik-kimyoviy o‘zgarishlari KMEP
jarayonida o‘tadigan reaksiyalarga mos keladi.
Faqat bu jarayonda hamma
reaksiyalar eritma ichida o‘tishi bilan ajralib turadi. Bu jarayonlar birikma va
moddalarning
ajralishi, sulfidlarning oksidlanishi, sulfid oksidlar bilan o‘zaro
bog‘lanishlari va boshqalardir. Reaksiyalarning termodinamik
tavsiflarini KMEP
jarayonida o‘tadigan jarayonlar bilan baholash mumkin. Faqat eritmada yuqori
harorat bo‘lgani, diffuzion koeffitsiyentlari kattaroqligi
va eritmaning gaz bilan
barbotaj bo‘lgani reaksiyalarning tezroq va to‘laroq oqib o‘tishiga olib keladi.
Jarayon natijasida sulfid-oksid emulsiyasi paydo bo‘ladi. Emulsiya cho‘kib,
vannada shteyn va toshqolga ajraladi. Ajralish ularning har xil fizik-kimyoviy
xususiyatlari natijasida boradi. Vanyukov jarayonida
turli birikmalar qayta
ishlanishi mumkin. Jarayonni oddiy shteyn, boyitilgan shteyn va xomaki mis olish
darajasiga ham olib borishi mumkin hamda bu jarayon kelajakda yallig‘
pechlarning o‘rniga to‘liq qo‘llanilishi mumkin, desak hech ham mubolag‘a
bo‘lmaydi.
Dostları ilə paylaş: