A. A. Yusupxodjayev,B. T. Berdiyarov


-rasm. Vanyukov pechining ko‘ndalang yon kesimi



Yüklə 2,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/102
tarix03.12.2023
ölçüsü2,63 Mb.
#171833
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   102
OG‘IR RANGLI METALLAR METALLURGIYASI ДАРСЛИК

1.15-rasm. Vanyukov pechining ko‘ndalang yon kesimi. 
1.
Xomashyo
5.Furma 
2.
Toshqol
6.Mo‘ri 
3.
Shteyn
7.Xampa 
4.
Zarra harakati
8.Tuynuk 


94 
Kessonlar zichligi o‘ta yuqori bo‘lgan misdan tayyorlangan. Texnologik 
gazlar kessonlangan shaxtadan chiqariladi. Shaxtada ajralish davriga chiqqan 
oltingugurt qisman yondiriladi. Gazlar qozon-sovutkichlarda sovutilib, changdan 
tozalanib, sulfat kislotasi olishga yuboriladi. “Norilsk – Nikel” OAJ va “Balxash 
mis” sanoat birlashmasi kombinatlarida ishlab turgan pechlarningtexnik-iqtisodiy 
tavsiflari 1.15-jadvalda keltirilgan. 
VP konstruksiyasining issiqlikni doimiy ushlab turish imkoniyati katta. 
Haroratning maksimal qiymati aynan furma yonida ko‘tariladi, kislorodning yuqori 
sarfi, haroratning ortishiga olib keladi. Kessonlar yonida eng past harorat 
bo‘limlarda bo‘ladi. Xomashyo yuklanadigan joyida ham harorat yanada pasayadi.
1.5-jadval 
Vanyukov pechining ayrim texnik ko‘rsatkichlari 
№ 
Norilsk 
Balxash 
1. 
Xomashyobo‘yichaishlabchiqarishunumdor
ligi, t/(m. sut) 
80 
80 
2. 
Furma kesimida pechning eni, m 
2,5 
2,3 
3. 
Shteyn vannasining balandligi, m 
0,5 
0,49 
4. 
Toshqol vannasining balandligi, m 
1,1 
1,2 
5. 
Eritmalarning umumiy balandligi, m 
2,4 
2,6 
6. 
Kislorodning havo bilan boyitilish
darajasi, % 
64–65
 
65–75 
7. 
1t boyitma uchun kislorodning sarfi, m

140–300 
140–300 
8. 
Pechning foydali ish darajasi, % 
97 
84 
9. 
Misning miqdori, % ; 
a) shteynda 
45–50 
44–47 
v) toshqolda 
0,6 
0,5–0,74 
10. 
SO
2
ning gazdagi miqdori, % 
20–35 
24–30 
11. 
Gazning changlik darajasi, g/m

1,5–2 
2–3 
12. 
Changning ajralib chiqishi, 
xomashyoga nisbatan, % 

1,1 
13. 
Misning ajratib olinishi, % 
97,3 
97,1 
14. 
Nodir metallarning ajratib olinishi 
99 
99 
Keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, VP jarayoni oldingi 
ko‘rilgan texnologiyalardan ancha afzalroqdir. 


95 
Hozirgi paytda Vanyukov jarayoni yallig‘ pechda eritish jarayoni o‘rnida 
qo‘llanilmoqda. Norilsk va Balxash tog‘-metallurgiya kombinatlarida jarayon to‘la 
tatbiq etilgan. Pechning xomashyosiga boyitma, flus va qattiq aylanuvchi moddalar 
kiradi. Xomashyoning umumiy namligi 6–8%. Pechga suyuq konverter toshqol 
quyish mumkin. Xomashyo pechning yuqori qismidan vannadagi eritmaga 
yuklanadi. Shteyn va toshqol pechning qarama-qarshi tomonlaridan, sifon orqali 
chiqariladi. 1.6-jadvalda 100 kg xomashyo uchun Vanyukov pechining issiqlik 
balansi keltirilgan.
 
Issiqlikning katta hajmi oltingugurtni eritmada yoqish davrida ajralib 
chiqadi. Oltingugurt yuqori darajali sulfidlarning ajralish jarayonida paydo bo‘ladi. 
Gaz hajmidagi yuqori haroratlar bunga ko‘mak beradi. Shuning uchun xomashyo 
pechga yuklanishi uzluksiz oqim bilan berilishi kerak. 

Yüklə 2,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin