A. A. Yusupxodjayev,B. T. Berdiyarov


Muallaq holatda kislorod yordamida eritish



Yüklə 2,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/102
tarix03.12.2023
ölçüsü2,63 Mb.
#171833
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   102
OG‘IR RANGLI METALLAR METALLURGIYASI ДАРСЛИК

 
Muallaq holatda kislorod yordamida eritish 
Kislorod bilan boyitilgan havoning pechga purkalishi natijasida jarayonda 
harorat ortib boradi. Buning natijasida birikma va moddalarning oksidlanish 
reaksiyasining faollik energiyasi ko‘p hollarda 83,8 dan to 167,6 mJ/mol ga teng 
bo‘ladi. Harorat 500 dan 1000 K gacha ko‘tarilishi natijasida reaksiya tezligi 
taxminan 20000 marta ortadi. Bu oltingugurtbirikmalarining oksidlanishi quyidagi 
umumiy reaksiya orqali ifodalanishi mumkin: 
MeS+1,5O
2
=MeO+SO
2
(1.54) 


86 
Xomashyoning tarkibida, asosan, shunday oltingugurtli birikmalar uchray-
diki, ularning ashyo tarkibida erishi quyidagi ayrim sulfitlarning oksidlanishi orqali 
Gibbs energiyasining o‘zgarish kattaligi bilan aniqlanadi. 1 mol kislorod uchun 
Gibbs energiyasining o‘zgarishi Cu
2
S uchun 237,9 kJ; ZnS uchun 280,7 kJ; FeS 
uchun 313,4 kJ. 
Purkalayotgan havoning tarkibida kislorod konsentratsiyasining ortishi 
oltingugurtning to‘liq va mukammal oksidlanishiga olib keladigan omillardan 
biridir. 
D.M.Chijikov o‘zining xodimlari bilan oltingugurtli metallarning, havo 
tarkibidagi kislorodning konsentratsiyasiga bog‘liq holda, oksidlanish darajasini 
(ν) aniqladi (1073 K, 10 min.). U quyidagi ko‘rinishga ega: 
O
2
, % 
ν, % 


20 
25 
PbS 
27,2 
87,1 
95,6 
97,0 
FeS 
4,8 

87,5 

Cu
2

24,3 
59,0 
97,2 

CdS 
46,0 
90,5 
99,4 

Mash’alli eritish jarayoni quyidagi tartibda boradi. O‘ta maydalangan shixta 
qorishmasi (0,074 mm) maxsus quritkich quyunlari yordamida namligi 1% dan past 
darajada quritilgach, ashyo gorelka (yondirgich) orqali havo bilan pechga purkaladi. 
Natijada pech ichida muallaq holatda kislorod va ashyo changidan iborat bo‘lgan 
mash’ala alanga misoli hosil bo‘ladi. Ashyo chang holatda, qisman gaz holatda bo‘l-
ganligi uchun ham gazsimon modda kislorod bilan tez reaksiyaga kirishib oksid-
lanadi. Natijada harorat ko‘tarilib, shixta aralashmasi qisman erigan holda tomchi 
sifatida pech vannasiga tushadi.Hosil bo‘lgan gazsimon moddalar, oksidlar mo‘ri 
orqali pechdan chiqib ketadi. Mash’alning o‘zida birikmalarning parchalanishi bilan 


87 
birgalikda flus birikmasi bilan o‘zaro ta’siri natijasida hosil bo‘lgan ikkilamchi 
oksidlartoshqol hosil qilishi mumkin. 
Ashyolarning o‘ta maydaligi ashyo sirtining gazsimon modda bilan o‘zaro 
ta’siri va yaqinlashuvini faollashtiradi. Shuning uchun ham yallig‘ qaytaruvchi 
pechga nisbatan mash’alli pechdagi ashyolar ancha mayda bo‘ladi. Eng muhimi
har tomonlama samara beruvchi omillardan biri ham ana shundadir. Yana bir 
asosiy afzalliklaridan biri shixta aralashmasini yoki oltingugurtli birikmalarni 
eritish uchun tashqaridan qo‘shimcha issiqlik manbai berish shart emas. Shuning 
uchun ham ushbu jarayon yoqilg‘i sarf qilmaydigan avtogen jarayon deb ataladi. 
Kislorodli-mash’alli eritish pechidagi jarayonda, asosan, yallig‘ qayta-
ruvchi pechdagi yoki konvertorlash jarayonidagi ko‘pgina kimyoviy reaksiyalar 
boradi. Shuning uchun ularningba’zi birlarini ko‘rib o‘tamiz: 
6FeS
2
+14O


FeS+2FeO+Fe
3
O
4
+11SO
2
(1.55) 
2CuFeS
2

Cu
2
S+2FeS+0,5S
2
(1.56) 
Cu
2
S+1,5O


Cu
2
O+SO
2
(1.57) 
3FeS+5O


Fe
3
O
4
+3SO
2
(1.58) 
Demak, pechda alanga ichidagi mash’alli muhitda faqat birikmalar 
oksidlanishi, ashyolarning erishi va qisman toshqolning hosil bo‘lishi ro‘y beradi.
1.12-rasmda KEM pechining qirqimi ko‘rsatilgan. Jarayon pech vannasida 
mash’aldan mayda zarralar va erigan moddalarning tomchilanishi hamda vannada 


88 
kimyoviy birikmalarning zichligiga qarab toshqol va shteyn hosil bo‘lishi bilan 
tugaydi. 

Yüklə 2,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin