91
Pechning sanoatga kirib kelishi va uning konstruktiv yaratilishi uzoq
yillarda, asosan, o‘tmishdagi pirometallurgiya pechlarining mukammal takomil-
lashgan bir ko‘rinishi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Pechning shaxtasi to‘g‘ri
burchakli bo‘lib, orasida suv o‘tib turishiga mo‘ljallangan mis plitalari o‘rnatilgan.
Ana shu suv sovutkichlari yonidan doimiy kislorodli havo furma orqali yon
tomonidan purkab turiladi. Havo purkalangan suyuq vannaga yuqoridan har xil
hajmdagi qumoq shixta yuklab turiladi. Furmaning pastki qism bo‘limida
eritmadan toshqol va shteyn ajralib, har ikkala tomonidan o‘rnatilgan sifonlar
orqali hosil bo‘lgan mahsulot pechdan tinimsiz chiqarib turiladi.
1.14-rasmda ko‘rsatilganidek, pechning asosiy qulayligi har ikkala yon
tomonidan kislorodning to‘g‘ri shixta tushayotgan eritma ostidan purkalanishidir.
Bu ustki va ostki purkalanish jarayonlariga qaraganda ancha qulay va issiqlik
massa almashinuviga o‘z ta’sirini yuqori me’yorda ko‘rsatadi. Undan tashqari,
vannada erigan va hali erib ulgurmagan ashyolar aralashmasi harakatining bir xilda
biqirlashiga olib keladi. Ana shu eritmadagi bir xildagi doimiy ashyolarning
aylanishi va biqirlashi mayda sulfidli zarralarning bir-biriga to‘qnashishiga, buning
natijasida zarralarning yiriklashuviga olib keladi. Eritmada jarayon qanday holatda
ro‘y berishidan qat’i nazar (harakat, toshqol qovushqoqligi va hokazo),
kattalashgan shteyn zarralari pechning tubiga, shteyn fazasiga cho‘kadi.
Dostları ilə paylaş: