1.12-rasm. Kislorodli-mash’alli eritish pechi (KMEP). Faqat texnologik kislorodning ishlatilishi oqova gaz tarkibining 80% gacha
ortib borishiga olib keladi. Shuning uchun ham barcha oqova texnologik gazlar
sovutilib, elektr suzgichlarda changdan tozalanib, sulfat kislotasi olish sexiga
jo‘natiladi.
Kislorodli-mash’alli eritish pechi alohida eritish dastgohi sifatida ishlay
olmaydi. Uni alohida kompleks deb atash mumkin. Shuning uchun ham kislorodli-
mash’alli eritish majmui (kompleksi)ni alohida o‘rganish o‘rinlidir. Quyidagi
metallurgikjarayonning aynan metallurgik hisobi ham KME pechining ashyo
tengligidan batafsil boshlanadi. Mash’alda hosil bo‘lgan magnetitning qaytarilish
reaksiyasi:
3(Fe
3
O
4
)+[FeS]→10(FeO)+SO
2
(1.59)
Misning okidlanishi:
(Cu
2
S)+2[Cu
2
O]→6[Su]+SO
2
(1.60)
(Cu
2
O)+[FeS]→[Cu
2
S]+(FeO) (1.61)
Jarayonning tugashi toshqol hosil bo‘lish reaksiyasi bilan yakunlanadi.
FeO(Fe
3
O
4
)+SiO
2
(CaO)→FeO(Fe
3
O
4
) ∙ SiO
2
(CaO) (1.62)
Hosil bo‘lgan toshqol tarkibida 0,7 – 0,9% mis, 32–36% SiO, 27–35 %
FeO va boshqa oksidlardan iborat suyuq eritma 3.5-rasmda ko‘rsatilgan tuynuk
orqali pechning orqa, ya’ni dum tomonidan suyuq holda to‘kiladi.
89
1.13-rasm. Kislorodli-mash’alli eritish pechidan tayyor bo‘lgan suyuq toshqol 1250–1275 0 C ostida tashlanma joyga jo‘natish uchun temiryo‘l iziga o‘rnatilgan maxsus cho‘michga quyilmoqda. Nazorat savollari