Nazorat savollari
1.
Murakkab birikmalarning parchalanish va ajralish yozib bering?
2. Olmaliq zavodida eritmalar bilan bir sutkadaqancha magnetit hosil bo‘ladi?
3. Magnetitning eritmadagi miqdori ko‘payish oqibatlari?
4. Magnetit sulfidlar bilan qaysi reaksiyalar orqali o‘zaro bog‘lanadi.
1.10.
Kislorod-mash'ala pechida sul'fidli mis boyitmalarni eritish
jarayoninng amaliyoti (texnologiyasi)
Quritilgan xomashyo KMEP ga aeratsion havo orqali uzatkich tasma yor-
damida yuklanadi. Yuklanayotgan xomashyoning tarkibi radioaktiv zichlikni
o‘lchaydigan dastgoh yordamida aniqlanadi. Xomashyo yondirgichlari pechning
bosh tomonida joylashgan (1.11-rasm).
82
1.11-rasm. KME
pechining umumiy old
ko‘rinishi. Unda 2 ta kislorodli
purkagich, yondirgich
xomashyo kelib tushadigan
har ikkala quvur ko‘rsatilgan.
Yondirgich qurilmasi to‘liq
qo‘zg‘aluvchan bo‘lib, u
temiryo‘l ustiga o‘rnatilgan.
Yondirgich uskunasi suv bilan sovutiladigan pechning asosiy qismiga
mustahkamlangan metall quvurga mahkamlab ulanadi. Yondirgichning ishlash
ko‘rsatkichlari quyidagicha:
xomashyo bo‘yicha ishlab chiqish unumdorligi – 25–30 t/soat;
texnologik kislorodning ortiqcha bosimi – 0,5 · 105 Pa;
kislorodning sarfi – 6000–7500 m
3
/soat;
kislorodning yondirgichdan chiqish tezligi – 80–100 m/sek;
Xomashyo kislorod aralashmasining yondirgichdan chiqish tezligi –20–25
m/sek.
Katta tezlik va xomashyoning me’yorsiz ishlashi yondirgichning tez ishdan
chiqishiga olib keladi. Qattiq o‘tga chidamli olovbardosh qotishmalar bilan
qoplash yondirgichning ishlash davrini biroz ko‘paytiradi. Yondirgich uskunalari
2–3 marta ta’mirlashga va tiklashga qodirdir.
Dastlab Olmaliq pechida 2 ta gorelka mavjud edi. Bunda ishlab chiqarish
unumdorligini bir tekisda boshqarish qiyin kechdi. Bitta kamayishi ikkinchi
yondirgichga katta nagruzka tushirib, mash’alning uzunlashishi va ostki devor
qatlamining tezda ishdan chiqishiga olib kelar edi. Shuning uchun diametri 350 mm
ikkita yondirgich o‘rniga, 300 mm li 3ta yondirgich o‘rnatildi.
83
Biroq bu uzoq ishlamadi, chunki ikkita ashyo xampasi yondirgichlarning
bir me’yorda ishlashini ta’minlamadi. Shuning uchun 6 oydan keyin yana 2 ta
yondirgichga o‘tildi.
Toshqolning nordonligini orttirish uchun boyitmaga 15–20 % kvars flusi
qo‘shilib, xomashyo kvarsning miqdori 12–15 % ni tashkil qilishi tavsiya etiladi.
Aynan hozirgi davrda shteynda 36–40 % mis olish imkoniyati bor. Bundanda
boyroq shteyn olish misning toshqol bilan isrofgarchiligi ortishiga olib keladi va
pech ishchi zonasida haroratning keskin ko‘tarilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Jarayonning haroratini pasaytirish va desulfurizatsiya darajasini 30 %
gacha ko‘paytirish qo‘shimcha kvars flusini yuklash bilan amalga oshiriladi.
Ammo bunda toshqolning tashlama joyga chiqish miqdori ko‘payib, mis
isrofgarchiligining ortishiga olib keladi.
Qayta ishlanayotgan boyitmaning maydaligi (taxminan 50 % 0,047 mm) va
pech alanga mash’alining katta aerodinamik uzunligi chiqayotgan gazning yuqori
darajadagi changligi ortishiga olib keladi. Ushbu gazda 300–350 g/m
2
qattiq zarra
bo‘lib, changning chiqish foizi ashyo massasidan 8–10 % ni tashkil qiladi.
KMEP jarayoni oltingugurt birikmalariga boy gaz olishga imkon yaratdi.
Nazariya bo‘yicha gazda 85–95% SO
2
bo‘lishi mumkin. Amaliyotda esa
dastgohlarning yaxshi germetik qoplanishi to‘liq emasligi sababli gazning tarkibida
oltingugurt angidridining miqdori ancha kam. Gazning pechdan chiqish davridagi
namunaviy tarkibi, %: 55–75 SO
2
, 2–3 O
2
; 30–45 N
2
. Shuningdek, jarayondagi
mahsulotlarning tarkiblari quyidagicha, %:
1.4-jadval
Cu
Fe
S
SiO
2
CaO
Fe
3
O
4
Al
2
O
3
Toshqol
0,8–1
40–42
0,5–1
32–35
1–1,5
10–12
3–4
Shteyn
35–40
32–35
26
–
–
–
1,5–2
Chang
18–21
18–26
7–12
3–5
–
–
1,5–2
84
Misning toshqoldagi miqdori ko‘pligi uning shteynga o‘tish darajasini 97
% gacha kamaytiradi, xomaki misga o‘tish darajasi esa faqat 94 % ni tashkil
qiladi, xolos.
Ajralib chiqayotgan changda, asosan, sulfatlar bo‘lib, bular aylanuvchi
xomashyo hisoblanadi va o‘z o‘rnida, jarayon haroratini pasaytirishga imkon
yaratadi.
Agar xomashyo tarkibida 12–14% SiO
2
bo‘lib, u 35–40% misli shteyn
olish uchun agregatda eritilsa, 1 t xomashyo 220 – 240 m
3
kislorod sarf bo‘lib,
pechning asosiy qismida 1350–1450
0
C haroratni tashkil etadi. Agar SiO
2
ning
miqdori kamaysa yoki kislorodning sarfi ortib borsa, harorat 1500–1600
0
C ga
ko‘tarilishi mumkin. Bu jarayon o‘tga chidamli g‘ishtlarning barqarorligini kamay-
tiradi va halokat holatiga olib kelishi mumkin bo‘lib qoladi. Shuning uchun ham
xomashyo tarkibini bir me’yorda ushlab turish katta ahamiyatga ega.
Desulfurizatsiya o‘zgarmagan holda haroratni boshqarish juda ham qiyin
kechadi. Amaliyotda bu kislorodning sarfini o‘zgartirish orqali olib boriladi.
Bunday tadbirlar desulfuratsiya darajasi va shteyn tarkibini o‘zgartirib yuboradi.
Pech ichidagi alanga mash’alining uzunligi jarayonning yuqori haroratda
olib borilishiga imkon yaratadi, pechning hajmida harorat 1200–1300
0
C ni tashkil
qiladi. Pechning ishchi hajmidan texnologik gaz havoso‘rgich orqali so‘riladi.
Havoso‘rgichning ishlab chiqarish unumdorligi soatiga 50000m
3
atrofida
gazsimon moddani tortish quvvatiga ega bo‘ladi. Jarayonning quyidagi
ko‘rsatkichlari doimiy nazorat ostida bo‘ladi:
1) xomashyoning pechga yuklanishi;
2) kislorod, tabiiy gaz va havoning sarfi;
3)kislorod, tabiiy gaz va havoning bosimi;
4) gazning harorati;
5) vakuum qiymati;
6) elektr suzgichlardan chiqayotgan gazdagi SO
2
ning miqdori;
7) qozon-sovutkichdan chiqayotgan bug‘ning miqdori va bosimi;
8) jarayondagi eritma mahsulotlarining harorati.
85
Jarayonning me’yorda oqilona borishida toshqolning harorati 1220–1250
0
C,
shteynniki esa 1150–1180
0
C bo‘lishi eng ma’qul ko‘rsatkichdir.
Hozirgi davrda pechning ishlab chiqarish unumdorligi sutkasiga 10–12 t/m
2
ni tashkil qiladi.
KMEP jarayonida texnologik kislorod xomashyo aralashmasining 15–20
m/stezlikda yondirgichdan chiqishini ta’minlaydi. Tezlik kamroq bo‘lsa,
zarralarning kinetik energiyasi kam bo‘lib, tezroq cho‘kadi, tezlikning ortishi esa
pechning ostiga zarralarning urilishiga olib keladi.
Ko‘pchilik zavodlarda olingan suyuq eritmalarning miqdori kovshlar soni
bilan o‘lchanadi.
Boyitma, flus va jarayon mahsulotlarining tarkibini aniqlash maqsadida,
kimyoviy tahlilga yuboriladi. Boyitma va ashyolardan – Cu, Fe, S, SiO
2
,Zn va Pb
larni; shteyndan misni; toshqoldan – Cu, Fe, SiO
2
va CaO larni; aylanuvchi
changdan esa Cu, Fe, SiO
2
,CaO va Al
2
O
3
kimyoviy birikmalarni aniqlash uchun
namunalar olinadi.
Kapital ta’mirlashdan keyin pech 72–96 soat davomida qizdiriladi, qizitish
tezligi 15–20
0
C/soat. Pechning qizitilishi 4 ta gaz yondirgichlar bilan olib boriladi.
Ularning ishlab chiqarish unumdorligi bir soatda 1000 m
3
.
Dostları ilə paylaş: |