73
Sochma mis rudalari tarqoq, qiyin boyitiladigan, tarkibi sulfidli va silikatli
tashkil etuvchilardan iboratdir. Hozirgi kunda ularni qazib olish, asosan, yo‘ldosh
birikmalar sifatida olib borilmoqda.
Misli qazilma boyliklar umuman 14%–36% rudali minerallardan tashkil
topgan. Ularning tarkibida 6–16% Fe va 7–13% S va boshqa birikmalar bor. Bu
turdagi rudalar ham avtogeneritish jadvaliga to‘g‘ri kelmaydi va asosan shixta
tarkibida qayta ishlanadi. Tarqoq rudalar minerallarning bir xilligi va kimyoviy
tarkibining doimiyligi bilan ajralib turadi. Ulardan olingan boyitmalar avtogen
eritish jarayonini ta’minlay oladi.
Mis metallurgiya sanoatida avtogen jarayonlar keng qo‘llanib keli-
nayotganligini e’tiborga olib, shu jarayonning fizik-kimyoviy xususiyatlari bilan
batafsilroq tanishib chiqamiz.
Oltingugurtga boy bo‘lgan ashyolarni avtogen jarayoni orqali eritishda
texnologik kislorod yordamida purkab, jarayonning muallaq holatda borishi
kislorodli-mash’alli eritish pechi degan nomni olgan bo‘lsa, muallaq holatda
mash’ala bo‘lib yonishi, so‘ng moddalarning parchalanib, erish haroratiga o‘tishi
kislorodli-muallaq holatdagi eritish pechi deb ataladi (KFP yoki KVP).
Bunday eritish usuli hozirgi kunda dunyoda 8 ta mamlakatda: Kanadadagi
“Kopper-Klif”, AQSHda Chino va Xayden hamda O‘zbekiston Respublikasining
Olmaliq mis eritish zavodlarida ishlab kelmoqda. Texnologik purkash orqali
muallaq holatda eritishning afzalliklaridan biri gorizontal mash’alli pechdir.
Eritish pechining ichidagi gorizontal holatdagi mash’alada oltingugurtning
toza kislorod bilan yuqori tezlikda oksidlanishi va unga nisbatan past tezlikda gaz
oqimining paydo bo‘lishi texnologik oqova gaz hajmining ko‘payib ketmasligiga
olib keladi.
Muallaq holatdagi eritish pechi yallig‘ qaytaruvchi pechga o‘xshamagan
bo‘lib, old qismida quritilgan shixta qorishmasi tepadan, pechning old qismidan
texnologik kislorod bilan purkalanadi.
Dostları ilə paylaş: