92
Jarayonda tomchilar oralig‘idagi kolessensiya (ya’ni energiya sistema-
sining kamayishi bilan suyuq va qattiq fazalardagi hajmlarning o‘z-o‘zidan
birikishi) shteyn tomchilarini o‘rtachalashtiradi. Demakki, pechning eng ostki
qismidagi shteyn tarkibidagi mis shteyn bo‘limining ustki
qismiga nisbatan bor-
yo‘g‘i 3–5% gina farq qilishi mumkin.
Shteyn tarkibidagi misning ortishi bilan boshqa pechlardagidek, toshqol
tarkibidagi mis tarkibi ham ortib boradi,
biroq juda kam miqdorda, ya’ni 45–50%
misli shteyn olinganda, toshqoldagi mis 0,5–0,6% dan deyarli ortmaydi. Vanyukov
pechida nafaqat misli xomashyo, balki mis-nikelli klinkerning mis shixtasini ham
birdek eritib,
rejalashtirilgan holda, kerakli tarkibda misli shteyn, sulfat kislota
olishga mo‘ljallangan sulfid va sulfat angidridli texnologik gaz olish mumkin.
Vanyukov pechida har qanday misli mahsulotlar yoki ashyolarni eritib,
undan misga boy shteyn olish mumkin. Shuning
uchun ham ushbu risolaning
oldingi boblarida ko‘rsatilganidek, metallurgik hisob yo‘li bilan ashyolar tengligi
hisoblanadi. Hozirgi kunda “Olmaliq TMK” OAJdagi YaQE va KME pechlarida
Olmaliq rux zavodining misli klinkerlari qayta ishlanmoqda. Shuningdek,
boshqa
barcha eritish zavodlarida ham misli, tarkibida qimmatbaho ma’dani bor klinkerlar
Vanyukov pechida qayta ishlanib, qo‘shimcha mis va nodir metallar olinmoqda.
Shuning uchun ham Vanyukov pechining metallurgik hisobida klinkerning
ratsional tarkibini yechish orqali texnologik hisobni boshlaymiz.
Suyuq vannada eritish jarayoni (VP)
Zamonaviy, yuqori samaradorli avtogen jarayonlardan biri – suyuq vanna-
da sulfid mis boyitmasini eritishdir. Jarayonning avvalgi nomi PJV (Suyuq
vannada eritish), Moskva texnologik universitetining (ilgarigi Moskva po‘lat
qotishmalar instituti) “Og‘ir rangli metallar metallurgiyasi”
kafedrasi mudiri
professor A.V.Vanyukov tomonidan 1951-yil mualliflik guvohnomasi bilan
himoya qilingan tadqiqotni sinovdan o‘tkazib, uzoq yillar ilmiy izlanish olib bordi.
Ushbu avtogen jarayoni professor Vanyukov boshchiligida yaratilgan va ko‘p
davlatlarda tatbiq etilgan.
93
Jarayonning mohiyati sulfidlarni toshqol eritmasida, kislorod yoki
kislorodga boyitilgan havo oqimida yondirishdan iboratdir.
Jarayon kessonlangan
shaxtali pechda, eritmaning pastdan yuqoriga qarab ko‘tarilishi sharoitida amalga
oshiriladi.
Hozirgi paytda VP jarayoni yallig‘ pechda eritish o‘rnida qo‘llanilmoqda.
Norilsk va Balxash tog‘-metallurgiya kombinatlarida jarayon to‘la tatbiq etilgan.
Pechning xomashyosiga boyitma, flus va qattiq aylanuvchan moddalar kiradi.
Xomashyoning umumiy namligi 6–8 %. Pechga suyuq konverter toshqolini quyish
mumkin. Xomashyo pechning yuqori qismidan vannadagi eritmaga yuklanadi.
Shteyn va toshqol pechning qarama-qarshi tomonlaridan, sifon orqali chiqariladi.
Vanyukov pechining ko‘ndalang kesimi 1.6-rasmda keltirilgan
.
Dostları ilə paylaş: