77
havolarning nisbati jarayonning borish sharoitlariga qarab 1:1 dan 1:1,3 gacha
o‘zgaradi. Quvur bo‘yicha gazning harorati: quvurga kirish qismida 300–450
0
C.
Moddaning quvurda bo‘lish davri 1–3 sekunddan oshmaydi. Jarayon qat’iyan
ushbu ko‘rsatkichlar oralig‘ida boshqarilishi va tizim o‘zgarmasdan borishi kerak.
Masalan, modda kamroq kelib qolsa, quvurning harorati oshib ketadi va sulfidlar
alanga olishi mumkin. Agar xomashyo ko‘proq yuklansa, harorat pasayib ketadi va
modda to‘la quritilmaydi. Doimiy nazoratda bo‘ladigan asosiy qismlar: nam
xomashyoning sarfi, issiq gazning harorati, quvurdagi haroratlar, birlamchi va
ikkilamchi havolarning nisbatligidir. Bunday nazorat avtomatik tizim tomonidan
boshqarilishi kerak.
Quritish quvurlarining afzalliklari, avvalo, yuqori ishlab chiqarish
unumdorligi va ishonchliligi, o‘rta quritish imkoniyati borligidan iborat. Bir soatda
60–80 t xomashyoni quritish imkoniga ega. Quvurlarni oqilona ishlatish
shartlaridan biri bir me’yorda moddalarni yuklashdir.
Quvurning ishlashini takomillashtirish uchun gazni qaytadan, ikkilamchi
havoni o‘rniga, pechga qaytarish kerak bo‘ladi. Bu jarayon yonilg‘ining sarfini
kamaytirishga yordam beradi, gazlar 60–70
0
C issiqlikka ega bo‘lib, ularning
tarkibida 15–17 % sof kislorod bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: