A. A. Yusupxodjayev,B. T. Berdiyarov



Yüklə 2,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/102
tarix03.12.2023
ölçüsü2,63 Mb.
#171833
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   102
OG‘IR RANGLI METALLAR METALLURGIYASI ДАРСЛИК

 
 


133 
Oksidlangan nikel rudalarini qayta ishlash
Oksidlangan nikel rudalarini qayta ishlashning asosiy qiyinchiligi – nikel 
metalini temirdan ajratib olish, qaytarish jarayonini qo‘llab, temirni toshqolga 
o‘tkazishdir. Bunda faqat temirning bir qismi ajralib chiqadi, asosiy hajmi esa 
temir-nikel qotishmasiga o‘tadi, nikelni erkin holatda olish qiyindir. 
Hozirgi paytda oksidlangan nikel rudalarini qayta ishlash texnologiyasi – 
shteynga eritishdir. Bu jarayon temir va nikelning kislorod hamda oltingugurtga 
turlicha moyilligi asos qilib olingan.
Nikel sulfidlanib, shteyn fazasiga o‘tkaziladi. Shteyn o‘zi bilan ikkita sulfid 
Ni
3
S
2
va FeS tashkil qiladi. Temirning asosiy qismi toshqol bilan ajratiladi: 
3FeS+3NiO = 3FeO+Ni
3
S
2
+0,5S
2
(2.3) 
2FeO+SiO
2
= 2FeO·SiO
2
(2.4) 
Oksidlangan ruda tarkibida oltingugurt yo‘q, shuning uchun unga qo‘shimcha 
kiritish kerak. Buning uchun shixtaga pirit yoki gips qo‘shiladi. 
Qizdirilishda gips (CaSO
4
·2H
2
O) o‘zining konstruksion namligini yo‘qotadi va 
keyin qaytaruvchi modda bilan reaksiyaga kiradi: 
CaSO
4
+4C(CO) = CaS +4CO(CO
2
) (2.5) 
Gips o‘z namligini yo‘qotish bilan bir paytda parchalanishi ham mumkin: 
CaSO
4
= CaO + SO
3
(2.6) 
Agarda gipsning o‘rniga pirit qo‘shilsa, birinchi davrda u ajraladi: 
2FeS
2
= 2FeS + S
2
(2.7) 
FeS, CaS bilan bir qatorda nikel sulfidlari reaksiyaga kiradi:
NiSiO
3
+CaS = NiS +CaSiO
3
(2.8) 
NiSiO
3
+FeS = NiS +Fe SiO
3
(2.9) 


134 
CaS temirni hamsulfidlaydi: 
CaS + FeO = FeS + SaO (2.10) 
Gips piritga nisbatan arzonroqdir va temirli toshqol hosil qilmaydi, shuning 
uchun ham uni ishlatish afzalroqdir. 
Gips yoki pirit bilan eritilgan nikelli shteyn 60 % temirni o‘z miqdoriga kiritadi. 
Temirli shteynni konverterda qayta ishlash davrida temir alohida ajratiladi.
Konvertorlash davrida temir tanlab oksidlanadi va qo‘shimcha berilgan kvars 
bilan toshqol fazasiga o‘tadi. Temirdan ajralgan nikelli shteyn faynshteyn deb 
ataladi. Bu nikelni oq shteyn deb nomlash ham mumkin. 
Oq shteyn keyingi bosqichda kuydiriladi: 
2Ni
3
S
2
+ 7O
2
= 6NiO + 4SO
2
(2.11) 
Nikelning oksidi tiklovchi modda bilan aralashtirilib, elektr pechida 1500
0
C da 
eritiladi va erkin suyuq nikel olinadi. 
Konverter toshqoli nikelga boy aylanuvchi modda hisoblanib, qaytadan eritish 
pechiga yuklanadi. 

Yüklə 2,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin