A. A. Yusupxodjayev,B. T. Berdiyarov



Yüklə 2,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/102
tarix03.12.2023
ölçüsü2,63 Mb.
#171833
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   102
OG‘IR RANGLI METALLAR METALLURGIYASI ДАРСЛИК

 
Haroratning ta’siri 
Elektrolitning harorati qancha yuqori bo‘lsa, uning qarshiligi shuncha kam 
bo‘ladi. Lekin eritmani qizdirishga katta hajmda bug‘ sarflanadi, anodlarning 
korroziyasi ko‘payadi, vannadan bug‘lanish ortib boradi. Amaliyotda elektrolitning 
harorati 50–60
0
C oraliqda ushlab turiladi. 
Kerak bo‘lgan issiqlikning bir qismi elektr toki o‘tayotgan davrda 
elektrolitning qarshiligi orqali olinadi. Issiqlikning soni quyidagicha aniqlanadi: 
Q = 0,239 J
2
Rτ, Dj. 
(1.100) 
Bunda: Q– issiqlik soni, Dj; 
J – tok kuchi, A; 
R – elektrolit qarshiligi, Om; 
τ – tok o‘tish davomiyligi, sek. 


130 
Nazariya va amaliyot shuni ko‘rsatadiki, agar tok zichligi 380 a/m

va 
sexning harorati 20
0
C bo‘lsa, elektrolitning harorati tashqaridan issiqlik sarflangan 
holda, 55
0
C ni tashkil qiladi. Amaliyotda faqat bunday yuqori tok zichligi 
qo‘llanilmaydi. Shuning uchun elektrolitni qizitish uchun bug‘ ishlatiladi. Bug‘ 
sarfi 1 tonna misga 1 tonnani tashkil qiladi. 
Elektroliz jarayonida eritmaga har xil kolloid moddalarni qo‘shish 
natijasida cho‘kmaning sifati yaxshilanadi. Kolloid qo‘shimchalari sifatida sovun
yelim, jelatin, solidol va boshqa moddalar ishlatilishi mumkin. Qo‘shimchalarning 
sarfi 1 m katodli misga 10–40 gramni tashkil qiladi. 
Anodning tarkibida misdan tashqari bir necha metallar bo‘ladi. Jarayon 
davrida bu metallar mahsulotlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi. 
Jadval-1.7 
Taqsimlanish ko‘rsatkichlari quyidagicha, %: 
Katod 
Cu 
Au 
Ag 
Se-Te 
Pb 
Ni 
As 
98 
1–1,5 
2–3 
1–2 
1–5 
15 
20 
Eritma 
1,93 
Shlam 
0,07 
98,5–99 
97–98 
98–99 
95–99 
10 
20 
Shlamning taxminiy tarkibi quyidagilardan iborat, %: Cu 10–25; Ag 5–
53; Au 0,05–5; Pb 0,5–12; Se 2–24; Te 0,3–12; Bi 0,0–7,0; Sb 0,2–30; As 0,1–
5,0. 
Shlamlarda qimmatbaho nodir metallar borligi ularni alohida qayta 
ishlashni talab qiladi. 

Yüklə 2,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin