A. A. Yusupxodjayev,B. T. Berdiyarov



Yüklə 2,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/102
tarix03.12.2023
ölçüsü2,63 Mb.
#171833
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   102
OG‘IR RANGLI METALLAR METALLURGIYASI ДАРСЛИК

Nazorat savollari
1.
 
Kobaltni eritmadan ajratib olish usuli?
2.Konverter jarayonining asosiy maqsadi? 
3.Kobalt metalli nimalarda ishlatiladi? 
4.Kobalt metalning jahon bozoridagi narxi? 
3 BOB. RUX ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI 
3.1.
 
Rux metallurgiyasiga doir ma'lumotlar, hom ashyo tavsifi va ajratib 
olishning asosiy texnologiyalar 
Ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha rux, alyuminiy va misdan keyin uchinchi 
o‘rinda turadi. Bir yilda dunyoda 5-7 mln.t rux ishlab chiqariladi. Olmaliq tog‘-
metallurgiya kombinati tarkibidagi rux zavodi bir yilda 100 ming tonnadan 
ziyodroqdir rux ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. 
Xorijiy davlatlarda rux ishlab chiqarish quyidagilarda mavjuddir: AQSH, 
YAponiya, Rossiya, Kanada, Avstraliya, Olmoniya, Fransiya, Bolgariya, Polsha, 
Qozog‘iston va boshqalardir.


142 
Dunyo miqyosida ishlab chiqarilgan rux quyidagi sohalarda ishlatiladi,%:
- oq tunika olish 36; 
- latun va bronza olish 26;
- quymakorlik 26; 
- rux prokati 3;
- kimyo mollari 6,5. 
Ruxni asosiy o‘zlashtiruvchi davlatlar AQSH, YAponiya, Olmoniya, 
Rossiya. O‘zbekiston o‘zining mahsulotini xorijiy davlatlarga eksport qiladi. 1 
tonna ruxning narxi dunyo bozorida (2011 yilning ko‘rsatgichlari bo‘yicha) 2200 - 
2300 AQSH dollarida sotiladi.
 
Rux xom ashyosining tavsifi
Tabiatda rux asosan sulfid birikmasi holatida uchraydi, shunindek ruxning 
oksidlangan birikmalari ham mavjuddir.
Ishlab chiqarishda keng miqdorda kompleks rux – qo‘rg‘oshin sulfidli 
polimetallik rudalar qo‘llaniladi. Bu rudalarda asosiy metallardan tashqari mis
kadmiy, nodir va kamyob metallar mavjud. Hozirgi paytda qayta ishlaga jalb 
etiladigan rudalarning tarkibida ruxning miqdori 1,5 %, rux-qo‘rg‘oshin rudalarda 
1,0 – 1,5% Zn va 0,4 -0,5% Pb mavjud. Bu rudalar qayta ishlashdan oldin 
boyitiladi. Asosiy boyitish usuli - selektiv flotasiyadir. Oldin rudadan kollektiv 
rux-qo‘rg‘oshin boyitmasi olinadi, keyin u alohida rux va qo‘rg‘oshin 
boyitmalariga ajratiladi. 
Sulfidli rudalarda rux asosan sfalerit – ZnS shaklda uchraydi. Oksidlangan 
rudalarda rux karbonat ZnCO
3
(smitsonit) va gidrosinkiy ZnSO
3
* 2 ZnS (ON) va 
silikat (valletit Zn
2
SiO
4
) turlarda uchraydi. 
Boyitish natijasida ruxni boyitmaga o‘tish darajasi 70-85% tashkil qiladi. 
Rux boyitmasini taxminiy tarkibi quyidagicha, %: Zn 40-60; Pb 0,2-3,5; Cu 0,15 -
2,3; Fe 2,5-13; S 30-35; Cd 0,1-0,5; As 0,03-0,3; Sb 0,01-0,07; In 0,001-0,07. 
Boyitmaninggranulometrik tarkibi 30-35% (-75 mkm) dan 70-90% (-75mkm) 
gacha o‘zgaradi.


143 
Boyitmaning asosiy texnologik ko‘rsatgichlar quyidagilardir: 
- zichlik - 3,4-4,3 g/sm
3
;
- to‘kilmoq massasi - 1,9-2,3 g/sm
3

- namlik - 10-16%; 
- quritilgandan keyingi namligi - 6-8 %.

Yüklə 2,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin