A. A. Yusupxodjayev,B. T. Berdiyarov



Yüklə 2,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/102
tarix03.12.2023
ölçüsü2,63 Mb.
#171833
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   102
OG‘IR RANGLI METALLAR METALLURGIYASI ДАРСЛИК

2.2.
 
Kobalt ishlab chiqarish texnologiyasi 
Tabiatda kobalt oksid, sulfid va margimush minerallari tarkibida uchraydi. 
Kobalt rudalarining zaxiralari juda kam uchraydi. Ko‘pincha kobalt boshqa metall 
zaxiralarida yo‘ldosh bo‘ladi. Kobalt nikel zaxiralarida bo‘lib, o‘nga yaqin 
kimyoviy xususiyatlarga ham ega. 
Kislorod va oltingugurtga tortilish kuchi bo‘yicha, kobalt nikel va 
temirning oralig‘ida joylashgan. Shuning uchun nikelli xomashyo sifatida qayta 
ishlanayotganda kobalt mis-nikel shteyniga o‘tadi. Konverterda shteynni 
purkashda kobalt toshqol fazasida to‘planadi. 
Kobaltni toshqoldan ajratib olish uchun uni 2–3 marta nikel shteyni, pirit 
yoki cho‘yan bilan qayta eritiladi. Bunda kobalt metall yoki sulfid fazasiga o‘tadi: 
(CoO)+[FeS] = [CoS] + (FeO) (2.24) 
K= [CoS] (FeO) /(CoO)[FeS] = 8 ÷12 (2.25) 
(CoO)+[Fe] = [Co] + (FeO) (2.26) 
K= [Co] (FeO) /(CoO)[Fe] = 25 ÷ 30 (2.27)


140 
Suyuq temir kobalt qotishmasi yoki boyitilgan kobalt shteyni konverterda 
purkalanadi. Bu tadbirning asosiy maqsadi – temirni toshqol fazasiga o‘tkazishdir. 
Qolgan metall anod shaklida qoliplarga quyiladi va elektr kimyoviy eritishga 
yuboriladi. Kobalt bilan birga eritmaga qisman temir, mis va nikel ham o‘tadi. 
Kobaltni eritmadan ajratib olish 
Temir oksid holatiga o‘tkaziladi va ohak yoki soda yordamida cho‘ktiriladi. 
Bu cho‘kma o‘z tarkibiga margimush, surma va vismutni yig‘adi. Misni kobalt 
yoki nikel kukuni bilan birga sement cho‘kmasiga o‘tkazadi. Marganes eritmasi 
xlor yoki xlor gipoxlorit yordamida ajratib olinadi. Oksidlanish davrida MnO
2
· 
H
2
O shaklida paydo bo‘ladi va cho‘kmaga tushadi. 
Tozalangan eritmada faqat nikel va kobalt qolgan xlor yoki natriy 
gipoxloriti yordamida cho‘ktiriladi: 
2So
2+
+Sl
2
+6H
2
O =2Co(OH)
3
+ 2Cl

+6H
+
(2.28) 
Nikelning cho‘kmaga o‘tmasligining oldi quyidagi almashuv reaksiya-
cining ta’sir ko‘rsatishi bilan kechadi: 
Ni(OH)
3
+Co = Ni +Co(OH)
3
(2.29) 
Kobalt gidrooksidi soda bilan aralashtirib, kuydiriladi, keyin suv bilan 
yuviladi. So‘ng qayta kuydirilib, CoO birikmasi olinadi. 
Bu birikmada 70–72 % kobalt, 0,2–0,3 % nikel bo‘ladi. 
Kobalt oksid holatdan elektr pechlarda qaytariladi. Tiklovchi modda 
hisobida grafit ishlatiladi. Kobalt uglerod va oltingugurtdan tozalangach, 
qoliplarga quyiladi.
Kobaltning o‘ta toza shakli elektrolitik tozalash yoki organik modda-
larning ekstraksiyasi orqali qayta ishlab olinadi. 


141 
Nikel rudalardan tashqari kobalt olishda xomashyo sifatida mis-kobalt va 
kobalt-margimush rudalari ishlatiladi. Bu rudalar flotatsiya orqali boyitilib, qayta 
ishlanadi. Boyitmada 0,5–10% Co bo‘lib, u eritiladi yoki pechlarda sulfatli 
kuydiriladi. Kuyindi esa suv bilan tanlab eritib, qayta ishlanadi. 
Kobalt-margimush boyitmalari (10–20% Co) bevosita avtoklavda tanlab 
eritiladi. Kobaltli eritmalar standart texnologiyalar bilan qayta ishlanadi.
O‘zbekistonda maxsus kobalt zaxiralari hali aniqlangani yo‘q. Respublika-
mizning bu metalga ehtiyoji juda ham katta. Shuning uchun bor imkoniyatlardan 
foydalanib, kobalt konlarini izlab topish borasida ilmiy izlanishlar olib borish 
kerak. Masalan, Olmaliq rux zavodining chiqindilarida oz miqdorda kobalt bor. 
Ularni qayta ishlab, metalni erkin holatda ajratib olish olimlarimiz oldida turgan 
muammolardan biridir. 
Metalning jahon bozoridagi narxi– bir tonnasi o‘n minglab dollarni tashkil 
etadi. 

Yüklə 2,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin