9
KIRISH
Bugungi kunda metallurgiya sanoati jadallik bilan rivojlanib bormoqda.
Metallga boʼlgan ehtiyojning keskinlik bilan oshishi yangi turdagi texnologiyalarni
yaratishga sabab boʼlmoqda. Jumladan iqtisodning turli tarmoqlarida ogʼir rangli
metallar hisoblanuvchi mis, rux, qoʼrgʼoshin, qalay, kadmiy, nikel, kobalt
metallariga talab oshib bormoqda.
Hozirgi vaqtgacha mis metallurgiyasida keng tarqalgan texnologik sxema va
ularning qurilmarini joylashish sxemalari ko‘pgina kamchiliklarga ega. Ularning
asosiy kamchiligi sifatida qimmatli komponentlarni texnologiyaning mahsulot va
yarim mahsulotlari bilan ifloslanishiga olib keluvchi, rudali xom ashyoning ko‘p
bosqichli qayta ishlanishini keltirish mumkin. Buning natijasida ular rudali xom
ashyodan to‘liq va hamma foydali komponentlarni ajratib olinishini ta’minlamaydi.
Bundan tashqari, mavjud pirometallurgik jarayonlar, birinchi navbatda energetik
sarf – xarajatlar bilan bog‘liq bo‘lgan rudali eritish atrof muhitni ifloslanishiga olib
keladi. Qo‘llanilayotgan ko‘pgina jarayonlarni eskirib, hozirgi kun talabiga javob
bermaydigan deb atash mumkin.
“Ogʼir rangli metallar texnologiyasi” fani xom ashyoni metallurgik qayta
ishlashga tayyorlash, piro- va gidrometallurgik usullardan foydalanib metall
tarkibli xom ashyoni qayta ishlab asosiy metallni ajratib olish, asosiy metalldan
tashqari yarim mahsulot va chiqindilardan qolgan qimmatbaho moddalarni ajratib
olish, qayta ishlash jarayonida kechadigan fizika-kimyoviy oʼzgarishlarni bilish va
ularga taʼsir etish, metall tarkibli xom ashyolarni qayta ishlashda qoʼllaniladigan
asosiy va yordamchi dastgohlar turi va ularning ishlash printsipini bilish toʼgʼrisida
bilimlarni oʼrgatadi. Shu sababadan fan “Metallurgiya” yoʼnalishidagi
mutaxassislarni tayyorlashda dolzarbdir.
Dostları ilə paylaş: