muammolar bilan to’qnashayotgan korxonalarda malakali auditorlik xizmatlariga ehtiyoj kuchayib, ularning rahbarlari mustaqil auditorlik tashkilotlariga yordam so’rab murojaat qilmoqdalar. Yuqorida ta’kidlanganidek, majburiy auditorlik tekshiruvi to’liq (kompleks) o’tkaziladi. Tashabbus tarzidagi ya’ni ixtiyoriy audit esa to’liq yoki qisman o’tkazilishi mumkin. Shuningdek, tashabbus tarzidagi auditda tekshiruvlar chuqurligi ham har xil bo’lishi mumkin. Masalan: hisob ma’lumotlarini dastlabki hujjatlardan boshlab to’la va yoppasiga tekshirish; dastlabki hisob ma’lumotlarini yoki faqat hisob registrlari va hisobotlardagi ma’lumotlarni tanlab tekshirish.
3.3. Nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar tashabbusiga ko’ra audit o’tkazish xususiyatlari. «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunning 15-moddasiga muvofiq auditorlik tekshiruvi nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qilish organlarining tashabbusiga ko’ra auditorlik tashkiloti tomonidan, ular o’rtasida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya- xo’jalik faoliyatini auditorlik tekshiruvidan o’tkazish yuzasidan tuzilgan shartnomaga asosan o’tkaziladi . Shuningdek, auditorlik tekshiruvini o’tkazish bo’yicha ishlarga haq to’lash auditorlik tekshiruvini belgilagan organ hisobidan amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasi protsessual qonunchiligiga muvofiq huquqni muhofaza qilish organlari (tergov organlari, sud va arbitraj sudi) xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazishga topshiriq berishlari mumkin. Bunday topshiriq huquqni muhofaza qilish organlarida quyidagi shart-sharoitlar mavjud bo’lganida beriladi:
qo’zg’atilgan ( qayta ko’rilayotgan) jinoiy ishlar;
fuqarolik ishini qabul qilish (qayta ko’rish);