Kodeks 18 ta moddadan iborat bo’lib, auditorlar oldiga qo’yiladigan ahloqiy talablar mazmuni haqida ushbu moddalar orqali tasavvurga ega bo’lish mumkin: 1-modda. Vijdonlilik va obektivlik. 2-modda. Ahloqiy nizolarni hal etish. 3-modda. Professional kompetentlilik. 4-modda. Maxfiylik. 5-modda. Soliq amaliyoti. 6-modda. Xalqaro faoliyat. 7-modda. Omma uchun axborotni taqdim etish. 8-modda. Mustaqillik. 9-modda. Kasbiy layoqatlilik va auditor bo’lmagan shaxslardan foydalanishga bog’liq majburiyatlar. 10-modda. Shartnoma bo’yicha va komission to’lovlar. 11-modda. Auditor amaliyotiga muvofiq kelmaydigan faoliyat. 12-modda. Boshqa auditorlar bilan munosabatlar. Yangi xodimlarni qabul qilish. 13-modda. Reklama va xizmatlarni taklif qilish. 14-modda. Manfaatlar nizosi. 15-modda. Hamkasblarni qo’llab-quvvatlash. 16-modda. Professional kompetentlilik. 17-modda. Axborotlarni taqdim etish. 18-modda. Intizomiy choralar. Auditorlik kasbining axloqiy me’yorlari uning tarixiy taraqqiyoti yo’lida shakllangan: mustaqillik, kompetentlilik (puxta bilimga egalik), halollik, vijdonlilik, haqqoniylik va maxfiylik (sir saqlash) kabi xalqaro printsiplari negizida shakllangan. Ushbu printsiplar mazkur loyihaning yuqorida keltirilgan moddalarida o’z ifodasini topgan. Shu boisdan, bularga batafsilroq to’xtalib o’tamiz. Loyihada malakali auditorlarning kasbga oid ahloqiy me’yorlari mujassamlashgan, auditorlik hamjamiyati muhitida qaror topgan ahloq-odob qadriyatlari aniqlangan. Umuminsoniy va kasb etikasi me’yorlariga auditorlik tashkilotining rahbari, har bir auditori va boshqa xodimlari qat’iy rioya qilishlari zarur.