Toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi


Tovar-moddiy zahiralarini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishning maqsadi-ularning



Yüklə 6,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə422/624
tarix03.12.2023
ölçüsü6,59 Mb.
#171882
1   ...   418   419   420   421   422   423   424   425   ...   624
Toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi

Tovar-moddiy zahiralarini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishning maqsadi-ularning 
saqlanishi, tejamli va oqilona ishlatilishi, hisobga olishning to’g’ri tashkil etilishini 
aniqlashdan iborat. Shuningdek, hisobot ko’rsatkichlarining ishonchliligini va tovar-moddiy 
zahiralar bilan bog’liq muomalalar hisobi va soliqqa tortish uslubining O’zbekiston 
Respublikasida amal qilayotgan qonunchilik hamda me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini 
aniqlash lozim. Ushbu maqsadga muomalalar mohiyatini, hamda nazorat tuzulmasi va 
buxgalteriya hisobi tizimini tekshiruvdan o’tkazish va risklarni baholash orqali erishiladi. 
Zahiralarni tekshirish, ular hajmi katta bo’lgan korxonalarda auditning asosiy qismi deb 
qaraladi.
Tovar-moddiy zahiralar bo’yicha hisobot ko’rsatkichlarining haqqoniyligini tekshirishda 
boshqa audit ob’ektlaridagi kabi, dastavval, balansning «Ishlab chiqarish zahiralari»(120-
satr), «Tugallanmagan ishlab chiqarish (130-satr)», «Tayyor mahsulot»(140-satr), «Sotish 
uchun olingan tovarlar»(150-satr) degan moddalari, Bosh daftar, jurnal-orderlar va boshqa 
hisob registrlari orasidagi tenglikni aniqlash zarur. Shu bilan birga, sintetik va analitik hisob 
ma’lumotlarining muvofiqligiga ishonch hosil qilishi muhimdir. Moddiy boyliklarni ishlab 
chiqarish xarajatlariga olib borish va ularning baholarini tekshirish, ishlab chiqarishga 
sarflash me’yorlari va boshqalarni tekshirish zarur. Mol etkazib beruvchilar va 
pudratchilarga da’vo qo’zg’atishning o’z vaqtidaligi va to’g’riligi hamda yo’ldagi (korxonaga 
etib kelmagan) materiallar qoldig’ining haqqoniyligini ham tekshirish kerak.
Yo’ldagi moddiy boyliklarni tekshirishning vazifalari: yo’ldagi moddiy boyliklar sifatida 
hisobda turgan har bir jo’natishning asosliligini aniqlash, yuklarni etkazib berishi 

Yüklə 6,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   418   419   420   421   422   423   424   425   ...   624




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin