muhimdir. Bu xaridorlar bilan chet el valyutasida hisoblashilganida va xaridorlar bilan shartli birliklarda hisoblashilganda o’ta muhimdir. Chunki muomalalarni aks ettirish sanasiga bog’liq holda valyuta kursi natijada esa umumiy qarzdorlik, kurs va summa tafovutlari aniqlanadi. Muomalalarning hujjat bilan asoslanganligini tekshirish chog’ida tovar (mahsulot, ish va xizmat)lar bahosi shakllanishining shartnoma shartlariga muvofiqligi, hamda QQS summasi va xaridorlarga taqdim qilingan schyotlar boshqa elementlarining to’g’riligi aniqlanadi. Xaridorlar tomonidan schyotlarni to’lashning o’z vaqtidaligi va to’liqligi 5110, 5210, 5220, 6310, 7310 schyotlar bilan boglanadigan ma’lumotlarni taqqoslash va analitik hisob registrlaridagi yozuvlarni ko’rib chiqish yo’li bilan aniqlanadi. Veksellar bilan hisob-kitob qilinganida №21 BHMS talablariga muvofiq 4020 -«Olingan veksellar» schyotini yuritish tartibiga rioya qilinishi va xaridorlarning veksellar bilan ta’minlangan qarzlari analitik hisobining tuzilishiga qat’iy e’tibor qaratilishi lozim. Bunda xususan, veksellarning to’lov muddati, banklarda hisobga olinganligi (diskontlangani), o’z vaqtida puli kelib tushmaganlari alohida tekshirilishi zarur. Shuningdek, olingan veksellar bo’yicha veksel foizlari va QQS aks ettirilishi, veksel bo’yicha pul mablag’larining kelib tushish chog’ida (tovarlar, qarama-qarshi talablar) vujudga keladigan majburiyatlar to’g’riligi tekshiriladi. Tekshiruv jarayonida xaridorlarning muddatlari o’tib ketgan debitor qarzlari talab qilinganligi va talab qilinmaganligini aniqlab tahlil qilinadi. Debitor qarzlarni hisobdan o’chirish faktlari bo’yicha auditor ushbu faktlarning asoslanganligi va to’g’ri aks ettirilganligini aniqlaydi.