20
usullarda o‘z ta’ssurotlarini aytishdilar. Shavqatsiz eksplutatsiya bo‘sh
vaqt va kerakligiga moddiy sharoit bo‘lmaganligi sababli xalqga
jismoniy mashqlarning taraqqiyot darajasiga ta’sir ko‘rsatadi. Shu
sabab o‘rta asr davrida hamma vaqt xalq jismoniy mashqlar an’anaviy
o‘yin kulgilar harakterida bo‘lib, faqat bayram kunlari o‘tkazilar edi.
O‘rta asrlarda yugurish sakrash va uloqtirish dastlab jismoniy tarbiya
gimnastika sistemasiga kiritilar, kundalik hayotda qo‘llanilar edi. Lekin
bu engil atletika sporti tashkil topishiga muhim ta’sir ko‘rsata olmadi.
Chunki gimnastika sistemasida bu mashqlarning asosiy bo‘lmay,
ikkinchi darajali edi. Xalqning bu mashqlar bilan shug‘ullanishi esa
mehnatkash, ammo imkoniyati chegaralangani uchun engil atletika
taraqqiyotiga to‘la ta’sir ko‘rsata olmadi. Yugurish sakrash va uloqtirish
mustaqil jismoniy mashq sifatida va engil atletika sportining muhim
elementlari sifatida XIX asrning ikkinchi yarmida tashkil topa boshladi.
Bunga yoshlarning keng qatlamlari o‘rtasida bunday mashqlarga
qiziqish o‘sganligi: burjuaziya ham o‘z hukmronligini kuchaytirish
vositasi sifatida, jismoniy tarbiyaga ko‘proq qiziqa boshlagani sabab
bo‘ladi. Burjuaziya kapitalistik korxonalari uchun jismoniy baquvvat
ishchilarga va bosqinchilik armiyasi uchun soldatlarga muhtoj edi.
Bunga eski gimnastika sistemalar allaqachonlar to‘la yordam berolmay
qolgan edi. Burjuaziya an’anaviy xalq o‘yin kulgilaridan olingan
atletik mashqlarga e’tibor bera boshladi. Bular orasida takomillashish
jarayonida sportga yugurish, sakrash va uloqtirish tusini olib, engil
atletika sporti tarbiyaga kiradigan yugurish, sakrash va uloqtirish
mashqlari ham bor edi.
Dostları ilə paylaş: