16
Ko‘pkurashning asosiy turlari: erkaklar uchun o‘nkurash va
ayollar uchun ettikurash va o‘spirinlar
uchun beshkurash, oltikurash,
sakkizkurash. Musobaqalarni yengillashtirish uchun yengil atletikani
bunday turlaridan musobaqalar ikki kunda o‘tkaziladi. Ko‘pkurashning
asosiy turlari: ko‘pkurash bo‘yicha shug‘ullanuvchilar
oldiga juda
yuqori talablar qo‘yiladi. Ular texnik jihatdan yuqori mahoratli bo‘-
lishdan tashqari, sprinterlardek tezkor,
uloqtiruvchilardek kuchli,
o‘r ta masofaga yuguruvchilardek chidamli bo‘lishlari kerak. Ko‘p-
ku rash programmasini to‘la bajarish esa umuman a’lo darajada
chidamli bo‘lishni, yuqori darajada rivojlangan irodaviy fazilatlarni
talab qiladi. Ko‘pkurash bilan shug‘ullanish –
yengil atletika bilan
endigina shug‘ullanib boshlovchilar uchun har tomonlama jismoniy
rivoj topishning eng yaxshi yo‘lidir. Ko‘pkurash bilan shug‘ullanish
sportchilar organizmiga har tomonlama tasir ko‘rsatish bilan yengil
atletikaning alohida turli maxsus mashqlarini qilish ham yaxshi zamin
yaratib beradi. Ko‘pkurash natijasi sportchining ko‘pkurash tarkibidagi
har bir turda ko‘rsatilgan natijasi uchun olgan ochkolar yig‘indisi bilan
belgilanadi. Buning uchun maxsus ochkolar jadvalidan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: