Yengil atletika va uni



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/327
tarix03.12.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#171925
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   327
admin, Енгил атлетика дарслик

1.9.
Uloqtirish
Uloqtirish maxsus snaryadni uzunlikka irg‘itish va uloqtirish 
mashqlari. Ularning natijalari metr va santimetrlarda aniqlanadi.
Uloqtirish asab–mushak kuchlanishining qisqa vaqt ichida 
maksimal bo‘lishi bilan tavsflanadi. Bunda qo‘l, elka kamari va tana 
mushaklarigina emas, balki oyoq mushaklari ham faol qatnashadi. 
Yengil atletika snaryadini uzoqqa uloqtirish uchun kuch tezlik 
chaqqonlik yuqori darajada rivoj topgan bo‘lishi zarur. 
Yengil atletikada uloqtirishlar ijro usuliga qarab uch turga bo‘linadi.
1. Bosh ortidan uloqtirish (nayza, granata).
2. Aylanib uloqtirish (disk, bosqon).
3. Itqitish (yadro).
Uloqtirish usullarining farqi snaryadlarning shakli va og‘irligiga 
bog‘liqdir. Yengil o‘ng‘ay bo‘lgan snaryadlarni to‘g‘ridan yugurib 
kelib bosh ortidan boshlab uzoqqa uloqtirish mumkin og‘irroq 
snaryadlarni aylanib uloqtirish o‘ng‘ayroq hisoblanadi, maxsus 
tutgichi bo‘lmagan og‘ir snaryad yadroni esa irg‘itish o‘ng‘ayroqdir. 
1.10.
Ko‘pkurash
Ko‘pkurash: yugurish, sakrash va uloqtirish ishining har xil turlarini 
o‘z ichiga oladi. Ko‘pkurash tarkibidagi miqdoriga qarab nomlanadi: 
to‘rtkurash, beshkurash, oltikurash, sakkizkurash, o‘nkurash. 


16
Ko‘pkurashning asosiy turlari: erkaklar uchun o‘nkurash va 
ayollar uchun ettikurash va o‘spirinlar uchun beshkurash, oltikurash, 
sakkizkurash. Musobaqalarni yengillashtirish uchun yengil atletikani 
bunday turlaridan musobaqalar ikki kunda o‘tkaziladi. Ko‘pkurashning 
asosiy turlari: ko‘pkurash bo‘yicha shug‘ullanuvchilar oldiga juda 
yuqori talablar qo‘yiladi. Ular texnik jihatdan yuqori mahoratli bo‘-
lishdan tashqari, sprinterlardek tezkor, uloqtiruvchilardek kuchli
o‘r ta masofaga yuguruvchilardek chidamli bo‘lishlari kerak. Ko‘p-
ku rash programmasini to‘la bajarish esa umuman a’lo darajada 
chidamli bo‘lishni, yuqori darajada rivojlangan irodaviy fazilatlarni 
talab qiladi. Ko‘pkurash bilan shug‘ullanish – yengil atletika bilan 
endigina shug‘ullanib boshlovchilar uchun har tomonlama jismoniy 
rivoj topishning eng yaxshi yo‘lidir. Ko‘pkurash bilan shug‘ullanish 
sportchilar organizmiga har tomonlama tasir ko‘rsatish bilan yengil 
atletikaning alohida turli maxsus mashqlarini qilish ham yaxshi zamin 
yaratib beradi. Ko‘pkurash natijasi sportchining ko‘pkurash tarkibidagi 
har bir turda ko‘rsatilgan natijasi uchun olgan ochkolar yig‘indisi bilan 
belgilanadi. Buning uchun maxsus ochkolar jadvalidan foydalaniladi.

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin