Yengil atletika va uni



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/327
tarix03.12.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#171925
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   327
admin, Енгил атлетика дарслик

1. 
Tekis yugurish;
2. 
Estafetali yugurish;
3. 
To‘siqlar osha yugurish;
4. 
Tabiiy sharoitda yugurish.
Tekis yugurish ma’lum masofa yoki vaqtbay tarzda yugurish yo‘lak-
chasida o‘tkaziladi. 400 metrga va undan qisqa masofaga yugurish. Har 
bir yuguruvchi uchun alohida yo‘lka ajratiladi. Belgilangan masofani 
o‘tish uchun sarflanadigan vaqt sekundlarda aniqlanadi. Bir soatlik va 
ikki soatlik yugurishda vaqt chegaralangan bo‘lib, natijada shu vaqt 
ichida bosib o‘tilgan masofa metr hisobida aniqlanadi. 
To‘siqlar osha yugurishning ikki xili mavjud: 
1) g‘ovlar osha yugurish – bunda yo‘lkadagi bir-biridan bir xil 
uzoqlikda masofadagi muayyan joylarga qo‘yilgan bir tipdagi to‘siq-
lardan oshib 60 dan 400 metrgacha masofaga yuguriladi. Har qaysi 
sportchi alohida-alohida yo‘lakdan yuguradi. 
2) 3000 metrga to‘siqlar osha yugurish bunda yugurish yo‘lakchasida 
u yerga mustahkam o‘rnatilgan to‘siqlar osha stadion sektoridan birida 
kovlangan chuqurga to‘ldirilgan suvdan yuguriladi. 
Estafetali yugurish, bunda komanda bo‘lib yuguriladi: komandada 
yuguruvchilar qancha bo‘lsa ham shuncha etaplarga bo‘lingan bo‘ladi. 
Estafetali yugurishdan maqsad – estafeta tayoqchasini bir–biriga 
uzatib, uni mumkin qadar tez startdan marraga etkazib borishdir. 
Bosqichlar oralig‘i bir xil bo‘lishi mumkin. 
Tabiiy sharoitda yugurish – bunda past – baland ochiq joylarda 
(kross) yugurilsa, 15 km va undan ortiq masofalarga esa uzoq, yani 
marafon yugurish masofasi 42 km 195 m.ga teng.
1.8.
Sakrash
Sakrash to‘siqlardan o‘tishning tabiiy usuli bo‘lib, u qisqa vaqt 
ichida asab – mushak kuchiga maksimal zo‘r berish bilan tavsiflanadi. 


15
Sakrash ikki turga bo‘linadi: 
1) Imkon boricha balandroq sakrash maqsadida vertikal to‘siqlardan 
o‘tib balandlikka sakrash va langarcho‘p bilan sakrash. 
2) Imkon boricha uzoqqa sakrash maqsadida gorizontal to‘siqlardan 
o‘tib uzunlikka sakrash. Sakrashda erishilgan natijalar metr va 
santimetrda aniqlandi. Sakrash turgan joydan va yugurib kelib ijro 
etiladi. Uch hatlab sakrash langarcho‘p bilan sakrash musobaqalari 
ayollar o‘rtasida o‘tkazilmaydi. Bularni bajarish vaqtida hosil 
bo‘ladigan qattiq zarblar ayollar ichki organizmini holatiga salbiy tasir 
ko‘rsatishi mumkin.

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin