© “Barkamol fayz media”
3
KIRISH
Yosh avlodni jismonan sog‘lom, aqlan yetuk bo‘lib o‘sishida
jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati kattadir. Respublikamizda
jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga bo‘lgan e’tibor davlat
siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Bu borada qabul qilingan qonunlar
jismoniy tarbiya va sport ishlarini rivojlantirishga keng yo‘l ochib
bermoqda. Xususan, “Jismoniy tarbiya va sport” to‘g‘risidagi qonun,
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A. Karimovning
«O‘zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tashkil
qilish to‘g‘risida»gi farmoni va boshqa bir qancha qonun va farmonlar
ta’lim muassasalari va boshqa turdagi sport jamiyatlarida, sport turlari
bo‘yicha to‘garaklarni tashkil etish, bolalarni jismoniy, ma’naviy-
axloqiy tarbiyalashning zamonaviy shakl va uslublarini ishlab
chiqish, murabbiy va o‘qituvchilarni kasbiy-pedagogik faoliyatini
takomillashtirishni talab qilmoqda.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, “Ta’lim to‘g‘risidagi” O‘zbe-
kiston Respublikasi qonuni qoidalariga muvofiq holda yangi o‘quv
rejalari, dasturlarining zamonaviy didaktik ta’minotini ishlab chiqish
Oliy o‘quv yurtlari faoliyatida milliy tajribalarning tahlili va jahon
miqyosidagi yutuqlar asosida yangi darsliklarni o‘quv adabiyotlarini
yaratish vazifalari ko‘rsatib o‘tilgan.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan 2013-yil
25-fevralda O‘zbekiston Respublikasi sportchilarini Reo-de-Janeyro
(Braziliya) shahrida o‘tkaziladigan XXXI yozgi Olimpia va XV
Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rishi va iqtidorli, istiqboli
bor o‘quvchi yoshlarni izlab topish va tayyorgarlikning ko‘p-yillik
sikllariga yo‘naltirish masalalariga qaratilgan.
Iqtidorli bolalar va o‘quvchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha
davlat siyosati sobitqadamlik bilan olib borilmoqda. Sport sohasida
iste’dodli o‘smir va qizlarni izlab topish, ularga ko‘maklashish,
ularning qobiliyati va iste’dodini o‘stirish bo‘yicha ishlarni tashkil
etish, qobiliyatli yoshlarni chet ellardagi yirik musobaqalarga
tayyorlash va xalqaro toifadagi sport ustalariga munosib zahiralarni
tayyorashdan iborat bo‘ladi.
4
Yurtimizda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda “Ta’lim
to‘g‘ risidagi” Qonunlarning qabul qilinganligi mamlakatimizda mala-
kali kadrlarni tayyorlash ularni bilim darajasini oshirish masalalarini
hal etishda dasturulamal bo‘lib xizmat qilmoqda. Ayniqsa, ushbu
qonunlarning joylarda ijrosini ta’minlash, ta’lim sifatini oshirish
bo‘yicha bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Kadrlar
tayyorlash milliy dasturining tarkibiy qismi yurtimizda o‘tkazib
kelinayotgan uch bosqichli “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va
“Universiada” musobaqalarida o‘quvchi, talaba-yoshlar toblanib ko‘p-
yillik tayyorgarlik bosqichlariga yo‘naltirib borilayotganligi xalqaro
maydonlarda ushbu sportchilar yurtimiz sharafini munosib himoya
qilib kelmoqdalar. Ayniqsa, o‘quvchi yoshlarni rivojlanganlik darajasi,
sog‘ligini mustahkamlashda tayyorgarlik darajasini oshirishda va
irodaviy fazilatlarini shakllantirishda yengil atletika mashqlaridan
keng foydalanib kelinmoqda. Biz bilamizki, yengil atletika mashqlari
turli xil bo‘lib, Jahon chempionatlari va Olimpia o‘yinlari dasturidan
ushbu sport turi bo‘yicha 47 ta oltin medallar uchun kurash olib
boriladi va bu turlarning barchasi “klassik” turlar hisoblanadi.
Shunday ekan, yengil atletika mashqlari nafaqat jismoniy tarbiya
va sportda, balki, ta’lim sohalarining barcha tarmoqlarida har bir
soha xodimlarining kundalik hayot tarziga aylanib bormoqda. Yengil
atletika orqali aholini sog‘ligini mustahkamlashda yurish, yugurish
mashqlarining inson salomatligidagi o‘rni juda kattadir. Maktabgacha
ta’lim, umumta’lim maktablari, akademik-litseylar, kasb hunar
kollejlari, oliy o‘quv yurtlarining ta’lim jarayonlariga kiritilganligi
o‘qitish va o‘rgatish metodikasini-yildan-yilga takomillashtirib borishni
taqozo etmoqda. Bu esa nafaqat ta’lim sohasini takomillashtirish balki,
o‘qitish va o‘rgatish amaliyoti darslarini samarali tashkil qilishda ham
muhim ahamiyat kasb etadi.
Yengil atletika sport turlari eramizdan avvalgi 776-yillardan boshlab
aholi o‘rtasida ushbu sport turlaridan foydalanib kelishganligi haqida
qadimiy bitiklarda ma’lumotlar berilgan. Darhaqiqat 1896-yilda
Gretsiyaning Afina shahrida o‘tkazilgan I Olimpiada o‘yinlarida ham
yengil atletikaning 12 turlari o‘rin olgan.
5
Ko‘p-yillik o‘z tarixiga ega bo‘lgan ushbu yengil atletika turi
“Sport qirolichasi” deb atalishi bejizga emas. Yengil atletika sport
turi-yillar davomida ommaviyligi oshib butun jahonda rivojlanib
kelmoqda. Respublikamizda ham rivojlanib kelayotganligi va barcha
aholi shug‘ullanayotganligi quvonarli hol albatta. Yengil atletika
mashqlarini o‘rgatish va o‘rgatish metodikasini takomillashtirish
bo‘yicha juda ko‘plab yyetakchi olimlar faoliyat yuritishgan hamda
o‘quv adabiyotlarni yaratishgan. Ulardan N.G.Ozolin, Yu.G.Travin,
V.P.Filin, L.S.Xomenkov, V.I.Voronin, E.N.Matveyev, Yu.N.Primakov,
X.T.Rafiev, G.G.Arzumanov, A.Malixina, K.T.Shakirjanova,
R.Q.Qudratov, E.R.Andresslar shular jumlasidandir. Hozirgi texnika
zamonasida elektron darsliklarga va yangi talqindagi yengil atletika
darsliklarga bo‘lgan ehtiyoj kun sayin ortib bormoqda. Biz ko‘plab
adabiyotlarni o‘rganib tahlil etganimizda aksariyat adabiyotlar, o‘quv
qo‘llanmalar va darsliklar xorijiy tillarda chop etilganligini ko‘rishimiz
mumkin.
Bugungi kungacha yaratilgan darsliklarda ularni mazmun mohi-
yati juda chiroyli qilib ishlangan bo‘lsada-yildan-yilga o‘rgatish
metodikalari, musobaqa qonun qoidalari o‘zgarib bormoqda. Bu esa
yangi adabiyotlarni yaratish ehtiyojini keltirib chiqaradi.
Ushbu yaratilgan darslik Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining
5112000 Jismoniy madaniyat bakalavr yo‘nalishi, Olimpia zahiralari
kollejlari, BO‘SM va IBO‘OZSM yengil atletika bo‘limlari
tarbiyalanuvchilari va yengil atletika bo‘yicha faoliyat yuritayotgan
yosh o‘qituvchi, murabbiy va talabalari uchun mo‘ljallangan
bo‘lib.
Yengil atletika va uni o‘qitish metodikasi fan dasturi asosida
tayyorlangan.
Mualliflar darslikni tayyorlashda yaqindan yordam bergan O‘zDJTI
“Yengil atletika, og‘ir atletika va velosport nazariyasi va uslubiyati”
kafedrasi mudiri M.S.Olimov, katta o‘qituvchisi I.R.Soliyev hamda
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatida ismi sharifi ko‘rsatilgan kasb-
dosh lariga o‘z minnatdorlchiligini bildiradi. Ishonamizki, ush bu dars-
lik ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va murabbiy-
larining kasbiy tayyorgarligini oshirishga yordam beradi.
|