Yengil atletika va uni


-BO‘LIM. YENGIL ATLETIKA FANIGA KIRISH



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/327
tarix03.12.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#171925
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   327
admin, Енгил атлетика дарслик

1-BO‘LIM. YENGIL ATLETIKA FANIGA KIRISH
I-BOB. YENGIL ATLETIKA TURLARINING TA’RIFI VA 
TASNIFI
1.1. Yengil atletikaning ta’rifi va tavsifi
 
Yengil atletika – bu o‘zbekchada shartli bo‘lib, Buyuk Britaniya, 
Germaniya, Fransiya va ayrim mamlakatlarda 
track and field athletics
– ya’ni yo‘lka va maydonlardagi kurash deb, AQSHda 
athletics
ya’ni 
atlet – kurash, kurashuvchi degan ma’nolarni bildiradi.
Rossiyada “Легкая атлетика” – ya’ni og‘ir atletika mashqlariga 
qara ganda yengil ko‘ringanligi sababli “Yengil atletika” deb nom-
langan. O‘zbekistonga yengil atletikaning zamo na viy ko‘rinishi sport 
turi sifatida XX asrning boshida kirib kelgan.
1.2. Yengil atletikaning mazmuni va tushunchalari
Yengil atletika atamasi shartli bo‘lib, bu sport turiga kiradigan 
hamma mashqlarning tabiiy ahamiyatini yoritib bera olmaydi. Shu 
bilan birga yengil atletika qadimiy yunoncha “atletika” so‘zidan 
olin gan bo‘lib, “mashq”, “kurash”, “bellashuv” ma’nosini anglatadi. 
Qa di miy Yunonistonda kuchlilik va chaqqonlikda musobaqalashgan 
ki shi larni atletlar deb ataganlar.
Hozirgi kunda jismoniy kamolotli kishilar atlet deyiladi. Ayrim 
mamlakatlarda yengil atletikani “Atletika” (Fransiyada), “yo‘lka va 
maydondagi mashqlar” (AQSH va Angliyada) deb ataydilar.
Yengil atletika hayotda keng tarqalgan eng kerakli mashqlar – 
yurish, yugurish, sakrash va uloqtirish mashqlarini birlashgan eng 
ommaviy sport turi hisoblanadi.
Ko‘pgina yengil atletika mashqlarini umumiy omma – eng kichik 
yoshdagi bolalardan boshlab kattalargacha bu mashqlar kundalik 
hayotda har-xil turda uchraydi va turlicha me’yorlanadi. Yengil atletika 
bilan-yil davomida shug‘ullansa bo‘ladi. Shu sabablarga ko‘ra yengil 
atletika mashqlari (yurish, yugurish, sakrash va uloqtirish) Respublika 
maxsus testlar majmuasini “Alpomish va Barchinoy” ko‘pchilik 
qismining amaliy me’zonlarini tashkil etadi. 


7
Yengil atletikani ko‘pincha “Sport malikasi” deb atashadi. Respub-
lika xalqaro musobaqalar Olimpia o‘yinlarining hamma dasturlariga 
k iritil gan, shu bilan birga o‘ynaladigan medallarning majmuasi va 
soni bo‘yicha eng ko‘p hisoblanadi. 
Jismoniy tarbiya instituti, Universitetlar va pedagogik institutla-
rining “jismoniy madaniyat” fakultetlari dasturida yengil atletika 
asosiy o‘quv fani bo‘lib, “jismoniy tarbiya va sport” yo‘nalishidagi 
bakalavrlarni tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. 

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin