2.3. O‘zbekiston hududida yengil atletikaning rivojlanishi
Buyuk mutafakkir olim Abu Ali ibn Sino bemorlarni davolashda
gimnastika, suzish, kurash bilan birga tez yurish, yugurish, sakrash,
nayza otish ko‘tarish mashqlaridan unumli foydalangan.
Jahongir sarkarda bobokalonimiz Amir Temir esa o‘z lashkarlarini
jismonan baquvvat, epchil va chidamli qilib tarbiyalashda yengil at-
letikani, past-baland joylarda yugurish (kross), nayza otish, tosh ir g‘i-
tish, to‘siqlardan sakrab yugurish mashqlaridan muntazam ravish da
foydalangan.
1916-yilda Farg‘ona (Skoblev) shahriga yugurish bo‘yicha
Rossiya da mashhur bo‘lgan Lev Barxash keladi, u yengil atletikada
ishqibozlari to‘garaklarini tuzib, ular bilan birgalikda Marg‘ilon
soy (Mustaqillik ko‘chasi) qirg‘og‘idagi velosiped sporti bo‘yicha
mashqlar va poyga o‘tkaziladigan o‘yingohni qayta qurib yugurish
uchun moslashtiradi, 280-metrlik yugurish yo‘liga quradi va hatto,
sak rash uchun qo‘ndoqlar o‘rnatadi.
U paytlarda shaharlarda yengil atletika to‘garaklarida, asosan,
katta yoshdagi, juda oz odamlar qatnashganlar. U ham bo‘lsa, sport
ishqibozlari jamiyatlari, xususiy sport klublari va skautlar tashkilotlari
a’zolari bo‘lgan.
1918-1920-yillardan boshlab jismoniy tarbiya va sportning om-
maviy rivojlanishiga katta e’tibor beriladi. Turkiston respublikasi
xalq ta’limi komissariyati qoshida 1919-yilda sport kollegiyasi
(kengashi) tuziladi. U umumiy Harbiy ta’lim bosh boshqarmasi tomo-
nidan maydonlarda namoyish etiluvchi sport chiqishlari hamda turli
musobaqalarni tashkil etish, shuningdek,, o‘quvchilar bilan o‘tkazilgan
jismoniy tarbiya mashq chiqishlari hamda turli musobaqalarni tashkil
etish, shuningdek,, o‘quvchilar bilan o‘tkazilgan jismoniy tarbiya
mashg‘ulotlariga rahbarlik qilgan.
26
Sportning boshqa turlari qatorida yengil atletika bo‘yicha uyushgan
mashg‘ulotlar tashkil topgan. 1920-yilning oktabrida Toshkent I O‘rta
Osiyo Olimpiadasi o‘tkazilgan. Uning dasturiga futbol, yengil atletika,
shaxmat va sportning milliy turlari bo‘yicha musobaqalar kiritilgan.
Yengil atletika bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda Farg‘ona
shahri jamoasi quvonchli zafarlarni qo‘lga kiritgan. Dasturga kiritilgan
12 turning 8 tasi mazkur jamoasi a’zolari nafaqat bir marotaba,
hatto ikki marotaba birinchi o‘rinni egallashadi (G.Bernadskiy,
D.Dadashevich, aka-uka Burmakinlar). 8x100 m estafetasida esa
Farg‘o na jamoasi boshqalardan ancha o‘zgan holda g‘alaba qozongan.
1922-yilda yengil atletika bo‘yicha Turkiston Respublikasi sport-
chilari qo‘lga kiritilgan g‘alabalarining 1-jadvali tuziladi. Shu davrning
yetuk yengil atletkachilari: N.Ovsyannikov, P.Taranov, YA.Valishevlar
ishchi va dehqon yoshlarni yengil atletika ishqibozlari to‘garaklariga
jalb qilish bo‘yicha faol ish olib borishadi.
1924-yilning mayida Toshkent, o‘lkada, birinchi o‘yingoh (keyin-
chalik Pishevik deb nomlangan) ochiladi. Hozir uning o‘rniga
V.S. Mitrofanov nomli suv sporti saroyi barpo etilgan. Shu-yilning
avgust oyida Umumturkiston jismoniy madaniyat bayrami o‘tkazilgan.
Sportning to‘qqiz turi bo‘yicha o‘tkazilgan bu musobaqalarda
respublika viloyatlaridan 260 nafar sportchi qatnashgan.
O‘rta Osiyo Respublikalari va Qozog‘istonning davlat milliy tuzi-
lishiga ko‘ra, 1924-yilda O‘zbekiston SSR tashkil topdi. Shu-yildan
boshlab O‘zbekistonning yengil atletika bo‘yicha qo‘lgan kiritilgan
g‘alabalari rasman qayd etila boshlandi.
Sobiq O‘zbekiston Kompartiyasining II s’ezdi Qarorlarini bajara
borib, respublika komsomoli jismoniy tarbiya tashkilotlari ustidan
otaliqni o‘z zimmasiga oldi. Yengil atletika mashg‘ulotlariga qishloq
yoshlari jalb qilina boshlandi.
1926-yilning 15-iyulida Toshkent Shayxontoxur tumanida eski
shahar («Spartak») stadionining tantanali ochilishi bo‘ldi. 1927-yildagi
I umumo‘zbek Spartakiadasi, 1928-yildagi ikkinchi ana shunday
spartakiada I Butunittifoq spartakiadasi oldidan o‘tkazilgan.
1927-yilda toshkentlik harbiy xizmatchi Nikolay Ovsyannikov
yugu rish bo‘yicha to‘siqlar ora 110 metrni 17.0 sek yugurib o‘tdi,
27
hamda balandlikka sakrash bo‘yicha 177 sm ga sakrab birinchi
o‘rinni egalladi va o‘zbek yengil atletikachilari orasida ikki hatlash
bo‘yicha sobiq ittifoq rekordini o‘rnatdi. U Vatan yengil atletikachilari
orasida birinchi bo‘lib «17 sekund» marrani egalladi. Bir-yil o‘tgach,
I Umumittifoq spartakiadasida N.Ovsyannikov masofani 16.2 sek da
yugurib o‘tdi. So‘ngra u masofani 15.2 sekundda chopib o‘tadi. Biroq
sportchi yugurish chog‘ida ikki to‘siqni yiqitib o‘tganligi uchun bu
natija qayd etilmadi hamda bu marra rekord sifatida qabul qilinmadi.
I Butunittifoq spartakiadasida o‘zbek yengil atletikachilar ishti-
rok etishdi. N.Ossyannikov 110 metr yugurish (16.2), Yu.Dunaev
balandlikka sakrashda (175) va uch hatlab sakrashda ikkinchi
o‘rin (12.75), A. Tikunova lappak otishda ikkinchi o‘rin (25, 33m),
Z.L.Rikova ayollar ichida langar cho‘p bilan balandlikka sakrashda
birin chi o‘rinni egalladilar.
1929-yil bahoridan boshlab Respublika poytaxti Toshkentda
«Pravda Vostoka» gazetasini sovrini uchun shahar ko‘chalari bo‘ylab
estafeta musobaqasi o‘tkazila boshlandi. Samarqand, Urganch, Buxoro
kabi respublikaning boshqa shaharlarida ham shunday estafetalar
tashkil etiladi. Ushbu holat aholi o‘rtasida yengil atletika sportini
ommaviy ravishda targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borishning
dastlabki harakati bo‘lgan.
O‘ttizinchi-yillar jismoniy tarbiya harakati rivojida kuchli olg‘a
siljish davri bo‘ldi.
1934-yildan o‘zbek yengil atletikachilari O‘rta Osiyo respublikalari
va Qozog‘iston yengil atletikachilari bilan uchrashuvlar o‘tkaza
boshlaydi. Ana shunday musobaqalardan birinchisi (bunda Qozog‘iston
Respublikasi konkursdan tashqari ishtirok etdi) 1934-yilning 5-12
sentyabrida bo‘lib o‘tdi. Erkaklarni musobaqa dasturining 16 turidan
o‘ntasida o‘zbek sportchilari (E.Pusillo – 100, 200 va 400 metrga
yugurish, V.Bezrukov; 500 va 10000 metrga yugurish, Yu.Dunaev
to‘siqlar ora 100 metrga yugurish, E.Ryabushev balandlikka sakrash,
N.Bespokoynov uch hatlab sakrash) g‘alabani qo‘lga kiritishadi.
Ayollar dasturi bo‘yicha etti tur o‘tkazilib ularni barchasida o‘zbek
sportchilari (L.Shaternikova 100 metrga yugurish va balandlikka
sakrash, T.Kuznesova lappak otish, T.Basharina uzunlikka sakrash,
800 metrga yugurish) g‘alabani qo‘lga kiritadi.
28
1936-yilning sentyabrida IV Umumo‘zbek spartakiadasi o‘tkazil-
di. Spartakiadada yengil atletikachilar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan musoba-
qalarda L.Shaternikova, V.Sexmestrenko, M.Toporova, T.Besednova,
L.Olixova, A.Kosarevlar o‘z turlarida O‘zbe-kiston rekordini o‘rna-
tishdi. 1936-yili o‘zbek yengil atletikachilari tomonidan 32 rekord
o‘rnatilgan.
1937-yilda Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Buxoro va respublika-
ning boshqa shaharlarida yengil atletika bo‘limlari mavjud bo‘lib,
birinchi sport maktablari ochildi. Bu xayrli ish tezda o‘z mevasini berdi.
1938-yili yengil atletika bo‘yicha mamlakat birinchiligida O‘zbekiston
yosh yengil atletikachilari jamoasi ikkinchi o‘rinni egallashdi.
N.Sevryukova, E.Demchenko, N.Kavtunova, K.Kapustyanskiy,
Yu.Sholomiskiy, V.Drobchinskiylar yuqori natijalarni qo‘lga kiriti-
shadi.
Urushning og‘ir-yillarida ham Respublikada jismoniy tarbiya ha-
yoti so‘nmadi. Musobaqalar, asosan, harbiy ahamiyatga ega bo‘lgan
kross, granata otish, to‘siq istehkomlaridan oshib yugurish bo‘yicha
o‘tkazildi. Sport tashkilotlari o‘z faoliyatini front ehtiyojlariga moslab
qayta tuzib chiqdilar.
Umumharbiy ta’limda respublikaning ko‘zga ko‘ringan murab-
biylari V.Bessekernix (Samarqand), V.Skavinskiy (Buxoro), P.Tara-
nov lar (Toshkent) o‘z sohasi bo‘yicha katta ish olib borishdi.
Aynan ular, og‘ir harbiy holatga qaramay, O‘rta Osiyo respublikalari
va Qozog‘iston spartakiadasida qatnashuvchi sportchilarni tayyorlash-
gan.
O‘rta Osiyo respublikalari va Qozog‘iston II spartakiadasi 1943-
yili Olma-Otada bo‘lib o‘tadi. Erkaklar dasturining sakkiz turidan
to‘rt turida o‘zbek sportchilar birinchi o‘rinni egallashdi. Ular orasida
Sadunin 800 va 1500 metrga yugurish, N.Bespakoynov-100 metrga
yugurish hamda L.Kanaki uzunlikka sakrash bo‘yicha, ayollar orasida
140 sm balandlikka sakrab g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. III Spartakiada
1944-yilda Toshkentda o‘tadi. Unda asosan, erkaklar ishtirok etib,
sportning 11 turi bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazildi. Ayollar musobaqasi
faqat uch tur bo‘yicha o‘tdi.
29
Spartakiadada Pusillo 100 va 400 metrga yugurish, A.Borisov
balandlikka va uzunlikka sakrash, hamda G.Kosarev nayza otish
bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
1945-yil sentyabrida O‘zbekiston spartakiadasi dasturi bo‘yicha
«Spartak» stadionida yengil atletika musobaqasi bo‘lib o‘tadi. 150 nafar
sportchi ishtirok etgan bu musobaqalarda quvonchli marralar qo‘lga
kiritildi. 1946-yilga kelib respublika rekordlari yangi ko‘rsatkichlarga
ko‘tarildi: N.Sevryukova besh hatlab sakrash, to‘siq osha yugurishda
F.Xasanova g‘olib chiqishdi. 1947-yili Moskvada bo‘lib o‘tgan jis-
mo niy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilarning Butunittifoq namoyishiga
O‘zbekistonda «SSSR sport masteri» darajasiga erishgan yengil atle-
tikachilar A.Borisov va F.Xasanova, shuningdek,, jismoniy tarbiya
xodimlari bayram nishonlash musobaqalarida ishtirok etish uchun
respublika chempionlari N.Sevryukova, L.Skaskaya, A.Kariyeva,
T.Ismailov, S.Popovlar Moskvaga borishdi.
1948-yildan boshlab O‘rta Osiyo respublikalari va Qozog‘iston
sportchilarining o‘zaro uchrashuvlari an’ana tusini oldi. Ana shunday
birinchi uchrashuv 1948-yilning mayida Frunze shahrida bo‘lib
o‘tadi. Erkaklar bahsida o‘zbek yengil atletikachilari 13 tur sport
musobaqasida uch turidan g‘oliblikni qo‘lga kiritishadi. Ayollar esa
to‘qqiz turdan beshtasida g‘olib bo‘lishdi. Musobaqada, ayniqsa
er-xotin Aleksey va Nadejda Borisovlar muvaffaqiyatli qatnashdi.
Aleksey Borisov uzunlikka sakrash bo‘yicha Nadejda esa 100 va
to‘siqlar ora 80 m yugurishda va yadro itqitishda g‘olib bo‘ldi.
1949-yildagi ittifoq birinchiligi musobaqalarida O‘zbekiston
yen
gil atletikachilari 9-o‘rinni egallashdi. Sovrindorlar orasida
V.Gerasimchuk uch hatlab sakrashda, Yu.Finke esa balandlikka sak-
rash bo‘yicha uchinchi o‘rinni oldilar.
1949-yilda respublikaning 40 rekordi yangilandi. Terma jamoasiga
kirgan Yu.Finke, S.Popov, Yu.Sholomiskiy, V.Gerasimchuk singari
yosh yengil atlekatikachilar paydo bo‘ladi.
1950-1951-yillarda V.Gerasimchuk (uch hatlab) va YU.Finke
(balandlik) mamlakat musobaqalari sovrindorlari bo‘lihdi. Urush
qatnashchisi N.Borisov esa 1950-yil sobiq ittifoq chempionati sovrin-
dori bo‘ldi. Birinchi Olimpia o‘yinlariga qatnashgan o‘zbekistonlik
30
yengil atletikachi S.Popov 110 m to‘siqlar ora yugurish bo‘yicha
1951-1954-yillar mobaynida ittifoq chempionatining to‘rt marta
sovrindori bo‘ladi. 1952-yili sport ustasi Sergey Popov 110, 200 va
400 metrga to‘siqlar bo‘yicha respublika rekordini o‘rnatadi.
50-yillarda respublika terma jamoasi qobiliyatli sportchilar bilan
to‘la boshladi. Uning safiga L.Sklyarova, V.Rodenko, L.Minina,
A.Pugacheva, V.Tushkov, A.Holmanskaya, G.Senkin, A.Chexonin,
V.Puzanov, V.Puchkov, Yu.Krasilnikov, N.Xaydarov, L.Moiseenko,
I.CHuvilin, V.Lomakin, T.Bondarenko, S.Gudoshnikova (Pavlova),
V.Ballod, O.Turkeeva (Nerovnaya), V.Sitnikova, I.Monastirskiy kelib
qo‘shiladi. Ular bir necha bor O‘zbekiston rekordchilari va chempionat
g‘oliblari bo‘lib, butunittifoq musobaqalarida ishtirok etishgan.
50-yillar boshida Gennadiy Senkin 100 dan 400 metrgacha yugu-
rishda eng kuchli sprinter sanalgan. U O‘rta Osiyo respublikalari
Qozog‘iston musobaqalarida ko‘p marotaba g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.
1953- va 1954-yillar 200 va 400 metr masofaga yugurish bo‘yicha
O‘zbekiston rekordini yangilab mamlakatning o‘nlik eng kuchli
sportchilari Mamatqul Altibaev, Farida Hasanova, Aleksandr Chexonin,
Nadya Borisova, Yuriy Krasilnikov, Valentina Ballod qatoriga kirgan.
Maktab o‘quvchilarining 1955- va 1957-yillarda o‘tgan Butun-
ittifoq spartakiadalari yengil atletika bo‘yicha mohir sportchilar opa-
singil Tamara va Irina Presslarni tanitdi. Murabbiy V.P.Bessekernix
rahbarligida Tamara 1955-yili yadro, lappak, uchkurash musobaqalari
bo‘yicha uch oltin medalni qo‘lga kiritdi. Irina esa 1957-yili yadro
irg‘itishda g‘olib, beshkurash musobaqalarida ikkinchi sovrindor bo‘ldi.
1956-yili Moskvada bo‘lib o‘tgan sobiq ittifoq xalqlarining I
Spartakiadasida O‘zbekiston yengil atletikachilarining terma jamoasi
9-o‘rinni egallaydi, universitet talabasi Valentina Ballod balandlikka
sakrashda spartakiada g‘olibi hamda mamlakat chempioni bo‘lib,
1956-yili Melburnda o‘tgan XVI Olimpia o‘yinlarida sobiq ittifoqi
terma jamoasi tarkibida ishtirok etdi. Sportchining mahorati-yildan-yil
o‘sib, mamlakat birin-chiligi uchun o‘tkazilgan musobaqalarda to‘rt
marotaba sovrindor bo‘ldi. U 1960-yili Rimda o‘tgan olimpiadada
ishtirok etdi, 1961-yili esa balandlikka sakrash bo‘yicha yana
mamlakat chempioni bo‘ldi.
31
Oleg Ryaxovskiy 1957-yilda Parijda bo‘lib o‘tgan talabalar umum-
jahon Universiadasida 16 metrli ko‘rsatkich bo‘yicha parijliklarga
uch hatlab sakrashni namoyish etdi. Uning natijasi 16.01 m bo‘lib, bu
birinchi o‘rin degani edi.
Igor Monastirskiy 1958-yili Sochida bo‘lib o‘tgan Bahorgi an’ana-
viy umumittifoq musobaqasida 100 metrga yugurish bo‘yicha Vladi-
mir Tuyakov tomonidan o‘rnatilgan rekordni 0,2 sek ga yangilab 10,4
sek da yugurib o‘tdi, hamda sprint guruhi bo‘yicha birinchi sport
ustasi darajasiga erishdi.
1958-yili sobiq ittifoq va AQSH o‘rtasida birinchi xalqaro
«Gigantlar» uchrashuvi bo‘ldi. Jiddiy sinovdan o‘tgan terma jamoasi
tarkibida O‘zbekiston vakili 1958-1959-yillar mamlakat chempioni
bo‘lgan toshkentlik O.Ryaxovskiy ham bor edi. U uch hatlab sakrashda
16 m 59 sm marrani egallab, jahon rekordini 3 sm ga ko‘tardi. U aka-
uka Ferreyra va Silvalarga tegishli yutug‘ini yangilagan edi.
Respublikamiz sharafini I.Monastirskiy (100 m), A.Chexonin
(800 m), O.Raxovskiy (uzunlikka, uch hatlab), I.Chuvilin (olti),
V.Lomakin (lappak), I.Klyuev (yadro), T.Bondarenko (80 m t.o.),
L.CHernyavskaya (uzunlik), A.Holmanskaya (yadro, besh hatlab)
himoya qildilar.
Ammo respublika terma jamoasi birinchi Spartakiadaga nisbatan
yomon qatnashib, 12-o‘rinni egalladi.
60-yillarda respublikada sport inshootlarining soni ko‘paydi,
sportchilarni shakllantirish uslubiyati yaxshilanadi. V.I.Barishev,
N.N.Bikov, A.A.Vink, Yu.T.Zakirov, V.P.Bessekernix, Yu.S.Sholomis-
kiy, V.G.Fedoseev, M.M.Vnuchkova, Yu.N.Puzanova, A.V.Borisov,
A.A.Osipov, V.I.Lyubarskiy, Yu.A.Krasilnikov, V.M.Vardzelov,
G.N.Sen kin, V.P.Litvinov, T.P.Saliev, V.P.Artamonov kabi murabbiylar
o‘z bek sportchilarini safini qobiliyatli yengil atlet chilar bilan to‘ldi-
rishda faol ishlashdi.
1960-yilda «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan ustoz» sharafli unvo-
ni joriy qilinadi.
Mana shu unvonga birinchi bo‘lib Toshkentda Barishev Viktor
Illarionovich, so‘ng Zokirov Yunus Turg‘unovich (Namangan),
Bessekernix Vladimir Pantelemonovich (Samarqand), Bikov Nikolay
32
Niko lae vich (Toshkent), Kosarev Grigoriy Andreevichlar (Toshkent)
bu yuksak unvonga sazovor bo‘lishgan.
1963-yili Moskvada bo‘lib o‘tgan xalqlarining III Sparta-kiadasida
O‘zbekiston yengil atletikachilar terma jamoasi ittifoq jamoalar orasida
ikkinchi o‘rinni egalladi. V.Ballod balandlikka sakrash bo‘yicha bitta
bronza medalini olish sharafiga muyassar bo‘ldi. Dasturning shaxsiy
turida kuchli o‘nlik tarkibiga I.Chuvilin – langar cho‘p bilan sakrash
(5-o‘rin), V.Sitnikov – yugurish 400 m (6-o‘rin), E.Machula uzunlikka
sakrash (6-o‘rin), G.Nekrashevich – nayza (6-o‘rin), T.Nerovnaya 800
m yugurish (7-o‘rin), O.Levonenko – balandlik (8-o‘rin), G.Podlazov
– nayza (8-o‘rin), E.Skorikov – yugurish 200 m (8-9 o‘rin), E.Andris
– bosqon otish bo‘yicha 6-o‘rin egallashgan.
E.Andris 1963-yili bosqonni 67 m 57 sm ga irg‘itib, respublika
rekordini o‘rnatdi. Uning bu ko‘rsatkichi 6-yil mobaynida saqlanib
turdi. U 1963-yili eng yaxshi bosqon irg‘ituvchilar o‘nligi qatorida
jahon sifatchilari safida 8-o‘rinni egallaydi.
1963-yili Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda respublika vakili
German Kutyanin balandlikka sakrash sektorida o‘zining ilgari
respublika rekordini yaxshilashga muvaffaq bo‘ldi. Keyingi-yillarda
G.Kutyanin O‘zbekiston rekordini olti marotaba yangilab, uni 2 metr
11 sm ga ko‘tardi. 1969-yil u Rigada bo‘lib o‘tgan qishki Kubokda
2 m 15 sm ga sakrab, XTSU unvoniga sazovor bo‘lgan.
1967-yilgi O‘zbekiston Spartakiadasi yengil atletikachilarga katta
yutuqlar olib kelgan.
Viktor Kolmakov to‘siqli yugurishda olimpia ishtirokchisi Sergey
Popov rekordlarini nishonga oldi. U 400 m to‘siqli masofani 52,5 sek
o‘tib, respublikaning o‘n besh-yil muqaddam o‘rnatilgan rekordini
yaxshilashga muvaffaq bo‘ldi.
Viktor Tereshenko va Vadim Kolobovlar yengil atletikaning
o‘nkurash musobaqalarida «sport ustasi» unvoniga mos ochkolar
to‘plashdi. Ularga qadar O‘zbekistonda yengil atletikani bu turi
bo‘yicha «sport ustasi» unvoniga sazovor sportchi bo‘lmagan.
1967-yili maktab o‘quvchilarining X Butunittifoq spartakiadasida
15-16 yoshda bo‘lgan kichik yoshdagi yoshlar va qizlar guruhi
bo‘yicha beshkurash musobaqalarda marg‘ilonlik Tatyana Pushkareva
33
va 400 m da yugurish bo‘yicha toshkentlik Irina Xavanskaya g‘olib
chiqdilar. Termizlik Boris Lobkov esa balandlikka sakrash bo‘yicha
kumush medal sovrindori bo‘ldi.
Ashur Normurodov uch kilometrli kross yugurish bo‘yicha
o‘smirlar o‘rtasida 4 marta mamlakat chempioni bo‘ldi.
1968-yili 5000-1000 masofada yugurish bo‘yicha mamlakat
chempioni unvonini egalladi. Keyinchalik u uzoq masofaga yugurish
bo‘yicha O‘zbekistonning ko‘p bor chempioni va rekordchisi bo‘ldi.
U 2002-yilning 1 yanvariga qadar 5000 m ga yugurish bo‘yicha
1975-yilda o‘rnatilgan (13.41.0 sek) respublika rekordchisi sanaladi.
O‘zbekistonning yosh spinterlari 1969-yili uch marta Butunittifoq
rekordini o‘rnatdi. Murabbiy B.A.Shapochnik tayyorlagan Dmitriy
Nedostupov, Gennadiy Yakobson, Vladimir Zdobnov, Sergey
Petrovdan iborat kichik yoshdagilar 4x100 m masofaga estafeta
tayoqchasini 43.6, so‘ng 43.3 sek da olib o‘tadi. Aynan shu guruh 15-
16 yoshdagi yoshlar guruhi o‘rtasidagi 4x200 m ga yugurish bo‘yicha
masofani 1.33.1 sek da o‘tib, ittifoq rekordini yangilaydilar.
1972-yil Kiyevda bo‘lib o‘tgan maktab o‘quvchilarining Butun-
ittifoq spartakiadasida O‘zbekiston terma jamoasi beshinchi o‘rinni
egalladi. G‘oliblar ro‘yxatini lappakni 49 m 16 sm (murabbiy
S.L.Shklyar) otgan samarqandlik maktab o‘quvchisi Sergey Jogolev
va 4x100 m yugurishda qizlar to‘rtligi – Tatyana Shishkina, Lyudmila
Storojkova, Naira Inileeva, Natalya Minenkolar egalladi. G‘oliblar
Tatyana Shishkina 200 m ni o‘tib 2-o‘rinni, 100 m ni 12.0 da o‘tib
3-o‘rinni, Anatoliy Dimov 5000 m 15.03.4 da o‘tib 2-o‘rinni, 3000
m ni 8.36.0 da o‘tib 3-o‘rinni, Yuriy Sherbiy uch hatlab sakrashda
14.84 ni egallab 3-o‘rinni, Vyacheslav Bondarenko 400 metrli to‘siqli
masofani o‘tish 55.1 ko‘rsatib 3-o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘lishdi.
1973-yili Moskvada bo‘lib o‘tgan I Butunittifoq yoshlar o‘yinida
O‘zbekiston yengil atletikachilar terma jamoasi sakkizinchi o‘rinni
olishdi. Sovrinli o‘rinlarni 200 metrga yugurish bo‘yicha Lyudmila
Dolgova ikkinchi o‘rinni olish sharafiga muyassar bo‘lishdi. 4x100 m ga
chopish estafetasida Yuriy Usikov, Yuriy Mavashev, Nikolay Noganev
va Vladimir Zdobnov bronza medalini olishdi. Sovrindorlardan
tashqari jamoasi yutug‘iga to‘siqlar ora yugurish bo‘yicha 4-o‘rinni
34
egallagan Tatyana Pere-sipkina salmoqli ulush qo‘shdi. Shuningdek,,
Evgeniy Yakimenko (uch hatlab 5-o‘rin), Aleksandr Bershteyn (100
m to‘siqlar ora 6-o‘rin), Gennadiy Ribkin (nayza 7-o‘rin) yaxshi
natijalarga erishishdi.
«Gigantlar» bilan yondosh ravishda sobiq ittifoq va AQSH
o‘rtasida yosh yengil atletikachilar musobaqasi o‘tkaziladi. 1977-
yili Virjiniya shtatida bo‘lib o‘tgan sobiq ittifoq va AQSH o‘rtasidagi
xalqaro matchda O‘zbekistondan uch vakil – Mixail Rastrigin to‘siqlar
ora (400 m masofani 53.03 sek da o‘tib 3-o‘rin), Aleksandr Harlov
(to‘siqlar ora 110 m masofani 14.3 sek da o‘tib 3-o‘rin), Nadejda
Tupisina (nayzani 49 m 90 sm ga otib 2-o‘rin) qatnashadi.
70-yillar chidamlilik yugurishlari bo‘yicha sportchilar tayyorlash
borasida andijonlik O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murrabiy
R.X.Sayfulining qobiliyatlari yaqqol namoyon bo‘ldi. U yosh sport-
chilar xalqaro toifadagi Svetlana Ulmasova va Zamira Zayseva
(Axtyamova)dek sport ustalarini tarbiyaladi. Svetlana O‘lmasova
jahon kubogi sovrindori, mamlakat birinchiligi uchun o‘tkazilgan
musobaqalar chempioni va Sovrindori 3000 m ga yugurish bo‘yicha
jahon rekordchisi hamda xizmat ko‘rsatgan sportchi darajasiga yetdi.
Bu qizlarning ham 1987-yili chop etilgan xalqaro yengil atletika
federatsiyasi sportchilari jahonning eng yaxshi o‘n sportchisi ro‘yxati
qatoridan o‘rin olgan. Undagi IAAF ma’lumoti barcha davrlarga
taalluqlidir.
1980-yili Moskvada bo‘lib o‘tgan Olimpia o‘yinlarida O‘zbekiston
o‘zining uch vakili – Aleksandr Harlov 400 m b.b., Anatoliy Dimov
3000 metrni to‘siqli masofani yugurishda sobiq SSSR rekordini
o‘rnatdi, Tatyana Biryulina (nayza otish bo‘yicha 6-o‘rin) ishtirok etdi.
Olimpiada arafasida O‘zDJTI yengil atletika kafedrasi o‘qituvchisi
Tatyana Biryulina (murabbiy A.A. Vink) jahonda birinchi bo‘lib
nayzani 70 metrli masofadan oshirgan holda 70.08 ga irg‘itdi va jahon
rekordini o‘rnatdi.
O‘zbek yengil atletkachilarining Olimpiada o‘yinlarida qatnashishi
yosh yengil atletikachilar uchun yuqori sport natijalariga erishishlarida
turtki bo‘lsa, murabbiylar uchun bu – zamonaviy talablarga binoan
oliy toifali sportchilarni tayyorlash ishiga yanada ishtiyoq bilan
kirishishlariga ahamiyat kasb etadi.
35
1985-yil avgustda Moskvada bo‘lib o‘tgan Yevropa kubogiga
O‘zbekiston terma jamoa tarkibiga o‘zining uch vakili – E.Barbashina,
Z.Zaysev, S.Usovlarni berdi. Ular Kubokda sovrindorlar qatorida bo‘-
lishdi.
To‘siqlar osha 110 metrli masofaga yugurish bo‘yicha favorit
fransuz S.Karistan sanalib kelingan bo‘lsa, bu masofani 13.56.0 da
o‘tib, O‘zbekistonning yangi rekordini mamlakat chempioni Sergey
Usov (murabbiy V.A. Burmatov) o‘rnatdi.
Valeriy va Pavel Koganlar 1975-yili langar cho‘p bilan sakrovchilar
tayyorlash ishiga jiddiy ravishda kirishishdi. Ular yaratgan guruhga
mamlakat va respublika birinchiligi uchun musobaqalar g‘oliblari,
sport ustalari va xalqaro toifadagi sobiq SSSR sport ustalari bor edi.
Guruh boshi Radion Gataulin – XTSU, jahonning eks–rekordchisi
va maktab yoshlari o‘rtasidagi 1983-yil musobaqalarining Yevropa
chempioni, sobiq mamlakat chempioni, 1986-yilda bo‘lib o‘tgan sobiq
ittifoq xalqlari IX Spartakiadasi g‘olibi, 1987-yildagi ikkinchi Jahon
Chempionatining sovrindori edi. R.Gataulin langar cho‘pni 5 metr
90 sm ga ko‘tarib respublika rekordini yangilashga muvaffaq bo‘ldi.
1988-yil Seulda (J. Koreya) Olimpiadada kumush medal sovrindori.
O‘zbekiston yengil atletikachilari 1987-yilgi mavsumda terma
jamoa sifatida muvaffaqiyatli qatnashdilar. Ular Penzada bo‘lib o‘tgan
qishki mamlakat chempionatida – beshinchi o‘rinni, O‘rta Osiyo
respublikalari va Qozog‘iston o‘rtasidagi uchrashuvda – birinchi
o‘rinni egalladilar.
1987-yili o‘tgan mamlakat rasmiy chempionatlari va birinchilik
musobaqalarda 10 ta birinchi, 8 ta ikkinchi, 7 ta uchinchi, jami 25
sov rinli o‘rinlarni egallab, respublika yengil atletikachilari o‘z ish-
qibozlarini quvontirishdi.
1987-yili o‘tgan jahon chempionatida langar cho‘p bilan sakrashda
R.Gataulin 3-o‘rin egallashdan iborat respublika topshirig‘ini bajardi.
1987-yilgi mavsumda jahonning 25 eng yaxshi yengil atletlari
qatorida R.Gataulin (langar cho‘p 3-o‘rin). V.Ishutin (langar cho‘p
24-o‘rin), Usov (110 m li masofaga yugurish 9-o‘rin) dek o‘zbek
yengil atletikachilari bo‘lgan.
36
O‘zbekiston yengil atletlari 80-yillar oxiriga kelib Vatan yengil
atletikasining 100-yilligini munosib kutish, shuningdek,, 88-yilgi
Olim pia daga yo‘llanma olish uchun qizg‘in tayyorgarlik ishlarini olib
bo rishdi. Bunday qutlug‘ sanani nishonlash o‘zbek yengil atletika chi-
larining 1923-yildan 1987-yilga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida xalqa ro,
Butunittifoq chempionatlarida qo‘lga kiritgan yutuqlari asos bo‘ldi.
Hammasi bo‘lib sobiq ittifoq chempionatlarida o‘zbek yengil
atletikachilari 144 ta medalni qo‘lga kiritdilar.
Mamlakat chempionatlarida eng ko‘p medalni qo‘lga kiritgan,
xizmat ko‘rsatgan sport ustasi Svetlana O‘lmasova 17 ta medal sohibi
bo‘ldi (11 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza). Ikkinchi o‘rinni sport
ustasi Zamira Zayseva, 9 ta medalni qo‘lga kiritdi (2 ta oltin, 3 ta
kumush va 4 ta bronza). Uchinchi o‘rinda esa sport ustasi Valentina
Lebedinskaya (Ballod) 7 ta medal bilan (2 ta oltin, 3 ta kumush va 2
ta bronza).
Dostları ilə paylaş: |