50
5 – vazifa:
Sportcha yurish texnikasini takomillashtirish.
Vositalari:
1. Turli xil tezliklarda (sekin, o‘rtacha, tez) sportcha yurish.
2. Burilishlarda, qiya yo‘lkalarda (pastga ham, yuqoriga ham),
shosseda sportcha yurish.
Uslubiy ko‘rsatmalar:
Texnikani takomillashtirishda quyidagi-
larga e’tibor berish kerak:
a)
gavda va boshning harakati;
b) gavda, oyoq va qo‘llar harakati mayin, bemalol bo‘lishiga;
v) qadam yetarli darajada uzun bo‘lishiga, oyoqni olg‘a uzatish
yengil bo‘lishiga (bunda oyoq tagi mumkin qadar yerga yaqin o‘tishi
kerak);
g) tovonni o‘z vaqtida (erta emas) yerdan ko‘tarishga;
51
II BOB. Sportcha yuruvchilar mashg‘ulotining
umumiy masalalari
Mashq qilish yuklamalarini bajarayotganda, sportchilar o‘zlarining
faoliyatini boshqarib
turuvchi nafas, yurak-qon tomir va markaziy
asab tizimlarini takomillashtiradilar. Bu tizimlar doimo oshib boruvchi
yuklamalarga
moslashib, butun organizmning maksimal zo‘riqish
sharoitida ravon tarzda ishlashini ta’minlaydi.
Agar murabbiy va sportchilar o‘qitish va mashq qilishning o‘ziga
xos tartib qoidalariga rioya qilsalar, mashq qilish jarayoni muvaf-
faqiyatli o‘tadi hamda natijalar sezilarli darajada o‘sib boradi. Bu
qoida lar, “yengil atletikachining tarbiyalash, o‘qitish
va funksional
im ko niyat larini oshirish borasidagi yaxlit jarayonni amalga oshi rish-
ning turli qirralari sifatida o‘zaro bog‘liqdir” (N.G.Ozolin).
Mashq qilishning umumiy qonuniyatlari va rejalashtirishning
umumiy uslubiy qoidalaridan qat’iy nazar, individual o‘ziga xoslikni
hisobga olish yuqori malakali sportchilarni tayyorlash bo‘yicha
zamonaviy jarayonning asosiy talabi bo‘lib hisoblanadi. Birinchi
navbatda, bu – sportchilar sog‘ligi, chiniqqanligi, yuklamalarga bar-
dosh
bera olish qobiliyati, erishilgan yutuqlar va bo‘lajak mag‘lu-
biyatlarga sportchining munosabatiga taalluqlidir. Sportchini o‘qitish
yoki ishlashining sharoitlari, yashash tarzi va xordiq chiqarishi uchun
imkoniyatlarini hisobga olish ham alohida ahamiyat kasb etadi.
Yaxlit mashq qilish jarayoni beshta o‘zaro bog‘liq omillardan iborat:
texnikani mukamallashtirish, sport taktikasini o‘rganish, jismoniy
hislatlarni rivojlantirish, ma’naviy-irodaviy hislatlarni tarbiyalash, na-
zariy bilimlarni egallash. Boshqacha so‘z
bilan aytganda, butun mashq
qilish jarayonini jismoniy, texnikaviy, taktik, ma’naviy-iro daviy va
nazariy tayyorgarlik majmui deb hisoblash mumkin.
Biz sportcha yurishda sportchilarga bo‘lgan
talablar nuqtai nazaridan
mashq qilish jarayonini ko‘rib chiqamiz; texnik mukamallashtirish
xususiyatlarida, mashq qilishni rejalashtirishda, shuningdek,, davrlar
bo‘yicha-yil davomida mashq qilishda to‘xtab o‘tamiz.
.