53
Sportcha yurishda mashq qilishning asosiy tarkibiy qismi –
sportchi-
ning har tomonlama va maxsus rivojlanishi hamda takomillashuviga
yordam beruvchi jismoniy tayyorgarlik hisoblanadi. Shunga ko‘ra,
jismoniy tayyorgarlik umumiy va maxsus tayyorgarlikka bo‘linadi.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik tanlangan sport turida eng sama-
rali mukkamallashishni ta’minlovchi sportchining uyg‘un
rivoj la-
nishini nazarda tutadi. Maxsus jismoniy tayyorgarlik vegetativ va
harakat funksiyalarini rivojlantirishga qaratilgandir. Maxsus jis-
moniy tayyorgarlik uchun organizmga tanlab ta’sir etuvchi, qat’iy
yo‘naltirilgan mashqlar xosdir. Tabiiyki, maxsus jismoniy tayyor-
garlikda yurishning o‘zi (sportcha yurish va odatdagi yurish) tez
yuruvchi
sportchining maxsus mashqlari, shuningdek,, yurish bilan
uzviy bog‘liq bo‘lgan mashqlar eng yaxshi mashqlar bo‘lib hisoblanadi.
Sport natijasiga umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarliklar ta’sir
etadi. Tayyorgarlikning bu ikki turi ularga ajratilgan vaqt bo‘yicha
o‘zaro farqlanadi. Maxsus jismoniy tayyorgarlikka ajratilgan vaqt
umumiy jismoniy tayyorgarlikka ajratilgan vaqtdan ko‘p marta ortiq.
Yuksak sport natijalariga erishish uchun tez yuruvchi
sportchi kuchli
mushaklarga va a’lo darajadagi chidamlilikka ega bo‘lib harakatlarni
tezda uyg‘un ravishda bajara olishi lozim.
Dostları ilə paylaş: