54
shartlarga rioya qilmagan sportchi musobaqada
ishtirok etish huqu-
qidan mahrum bo‘ladi. Shunga ko‘ra, mazkur xatolarni tuzatish usul
va vositalari muhim ahamiyat kasb etadi.
Parvozning paydo bo‘lishi mazkur sportchi uchun harakatlanish
tezligining me’yoridan ortiq katta bo‘lishi bilan tushuntiriladi. Ma’-
lumki, turli tez yuruvchi sportchilarda parvoz davri turlicha tezlikda
– 3,33 dan 4,21 m/sek.da paydo bo‘ladi. Mana shu kritik tezlik mashq
qilish natijasida mukamallashib yanada yuqori ko‘rsatkichga ko‘ta-
riladi.
Aniqlanishicha, charchagan sportchilarning barchasi ham aynan
bir xil tezlikni saqlab qola olmaydilar. Masalan, distansiyaning dast-
labki aylanasi to‘g‘ri yurishda 1 min. 50 sek. edi. Masofaning o‘rtasi
yoki oxirida bu tezlikda ikkilangan tayanchni saqlab qolishga imkon
yo‘q va yurish tezligi kamayadi – 1 min. 55 sek. va undan ortiq ko‘r-
sat kichga etadi. Shuning uchun ham parvoz paydo bo‘lganda eng
av valo, harakatlanish tezligini kamaytirish lozim. Bu
xatoni tuzatar
ekan, sportchi bir vaqtni o‘zida o‘ng va chap oyoqlari bilan yerga te-
gib ketishini sezishi kerak (ikki tayanchli vaziyat). To‘g‘ri yurishni
subyek tiv baholash (ya’ni tez yurar sportchini tuyg‘usi) har doim ham
sport chi harakatlanishining haqiqiy tartibiga mos tushavermaydi.
Ba’zan tez yuruvchi sportchilarga uzun masofaga ravon tarzda
itarilib, oyoqni erga tirab itarilishga shoshmaslikni tavsiya etiladi. Bu
usul tufayli yerdan itarilish ravon tarzda bajariladi.
Tanani oldinga siljitmagan holda erkin
oyoq bilan oldinga yuqo-
riga (ko‘proq yuqoriga) siltab harakatlanadigan tez yuruvchi
sport-
chigina bir oyoqdan ikkinchi oyoqqa sakrashni bajara oladilar. Bunda
ko‘chiriladigan oyoq tizzasi yuqori holatda oyoq tovoni havoda muallaq
holda bo‘ladi. Oyoq yerga tushishi uchun pastga-orqaga harakatlanish
kerak. Odatda, bu vaqtda ikkinchi oyoq yerdan ko‘tarilishga ulguradi.
Ba’zi tez yurar sportchilar oyoqni butun tovonga qo‘yishadi. Bunday
yurishni yaxshi eshitish kinoni suratga olish
vaqtida esa parvoz paydo
bo‘lganini ko‘rish mumkin. Ba’zan, bu xato gavdaning noto‘g‘ri
holatiga (orqaga egilish) bog‘liq bo‘ladi.
Gavda oldinga ko‘proq egilganda ham yurish yugurishga o‘tishi
mumkin. Bunday xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun yurish vaqtida erkin
55
oyoqni yuqoriga siltab harakatlanmasdan, uni ko‘proq oldinga siljitish,
shuningdek,, gorizontga nisbatan gavda og‘ishini o‘zgartirgan
holda
to‘g‘ri vaziyatni topish kerak. Ayni vaqtda, oyoqni yerga dag‘al harakat
bilan qo‘yish tavsiya etilmaydi, chunki bunday harakatlanishning
umumiy tezligi sekinlashadi. Sportchi doimo ravon va yumshoq tarzda
harakatlanishi zarurligini yodda tutmog‘i lozim.
Sportchi doimo harakatlar erkinligini sezib turishi kerak. Hara-
katlarning cheklanganligi shug‘ullanishni endigina boshlagan yosh
sport
chilar texnikasi uchun xosdir. Xatolarni harakatlanishining
nisba tan yuqori bo‘lmagan tezligida tuzatish qulaydir. Albatta, sport-
chining xatolarini tuzatishga ongli munosabati, deyarli, hamma vaqt
muvaffaqiyatli bo‘ladi. Asta-sekin yurish tezligi oshib boradi va
bellashuv tezligiga etadi. Ba’zan esa undan ham oshib ketadi.
Texnikani takomillashtirishda maxsus
mashqlarni bajarishga katta
e’tibor beriladi. Bu holda, o‘z asosida sportcha yurish texnikasiga yaqin
bo‘lgan mashqlar yoki texnikaning alohida elementlari qo‘llaniladi.
Maxsus mashqlar-yil davomida bajariladi: ularning asosiy hajmi qish
va bahorga, ya’ni tayyorgarlik davriga to‘g‘ri keladi. Maxsus
mashqlar
mashq qilish mashg‘ulotining asosiy qismida, shuningdek,, razminka
va ertalabki ixtisoslashgan zaryadkada ham bajarilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: