42
Ayrim hollarda, agar qatnashchining chetlashtirilganligi to‘g‘risida
avvalroq xabar berishga sharoit bo‘lmagan bo‘lsa, u musobaqalar
tugagandan keyin chetlashtirilishi mumkin.
Sportcha yurish bo‘yicha dastlabki musobaqa 1986-yilda Angliyada
o‘tkazilgan. Keyinchalik, sportcha yurish
musobaqalari boshqa mam-
la katlarda, jumladan, Germaniya, Italiya, Kanada, Shvetsiyada tash -
kil qilinishi boshlangan. Olimpia o‘yinlari dasturi tarkibiga sport cha
yurish 1906-yilda Afina shahrida o‘tkazilgan
navbatdagi Olim pia
o‘yinlari davomida kiritilgan. XVI Olimpia o‘yinlaridan boshlab
(Melburn shahri, 1956-yil), tez yuruvchi sportchilar o‘rtasida ayol lar
guruhlarida 20 km masofada, erkaklar guruhida 20 va 50 km maso-
falarda yurish musobaqalari tashkil qilinishi belgilangan.
Jumladan, erkaklar o‘rtasida 20
km masofaga sportcha yurish
bo‘yicha o‘rnatilgan rekord B.Seguraga (Meksika) tegishli bo‘lib,
uning qayd qilgan vaqti 1:17.48 ga teng hisoblanadi, shuningdek,,
50 km masofaga sportcha yurish bo‘yicha V.Spistin (Rossiya)
rekord natijani o‘rnatgan bo‘lib, uning erishgan natijasi 3:37.26 ga
teng hisoblanadi. Ayollar o‘rtasida 20 km masofaga sportcha yurish
bo‘yicha dunyo rekordi T.Gutkova (Rossiya) tomonidan o‘rnatilgan
bo‘lib, uning qo‘lga kiritgan vaqti 1:25.18 ga teng hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda erkakalar o‘rtasida sportcha yurish bo‘yicha dunyo
rekordi 20 km masofaga Bernardo Segura, shu
masofa shosseda
Vladimir Kanaykinlarqa tegishli bo‘lib, Bernardo Segura 1:17:25,6
natija, (Meksika, 1994-yil), Vladimir Kanaykin 1:17:16,7 (Rossiya,
2007-yil) teng natijalarni qayd qilgan bo‘lsa, ayollar o‘rtasida sportcha
yurish bo‘yicha dunyo rekordi 20 km masofaga Olimpiada Ivanova,
shu masofa shosseda Yelena Lashmanovalarqa tegishli bo‘lib,
Olim piada Ivanova 1:26:52,3 natija, (Rossiya, 2001-yil), Yelena
Lashmanova 1:25:02 (Rossiya, 2012-yil) teng natijalarni qayd qilgan.
Dostları ilə paylaş: