412
Aylanishga tayyorlanish.
Aylanish uchun dastlabki holatda
uloqtiruvchi doiraning orqa qismida turadi: oyoqlar yelka kengligida
yoki sal kengroq ochiladi. Uloqtirish tomoniga nisbatan uloqtiruvchi
tanasaning holati ba’zi bir farqqa ega bo‘lishi mumkin. Qulayrog‘i
uloqtirish tomoniga orqa o‘girib turishdir.
Bunday holatdan yon tomon
bilan turishga nisbatan burilish ancha qiyinroq, lekin bunday vaziyatda
uloqtiruvchining disk bilan birgalikda qiladigan harakat yo‘li uzayadi,
demak, aylanishni boshlashda (tayanchli fazasada), harakat miqdorini
ko‘paytirish uchun yaxshiroq sharoit yaratiladi.
Dastlabki holatda o‘ng
oyoq doiraning chekkasiga, gardishga juda
ham taqab qo‘yiladi. Dastlabki silkitishni boshlash yoki ayni vaqtda
disk tutgan qo‘lni o‘ng tomonga silkitishda oldin
chap oyoq yelka
kengligida, hatto undan ham kengroq qo‘yiladi. Oyoqlar doiraning
uloqtirish tomoniga yo‘nalgan deb faraz qilingan diametridan bir xil
uzoqlikda joylashadi. Uloqtirishga tayyorlanish vaqtida gavda deyarli
tik turadi, oyoqlar sal bukiladi. Uloqtiruvchi aylanishga tayyorlana
turib disk tutgan qo‘lini o‘ngga-orqaga silkitadi, dastlabki silkinishlari
bunga yordam beradi. Silkitish vaqida, disk tutgan o‘ng qo‘l,
avval
gavdaning ozgina burilishi bilan birgalikda chapga olib boriladi, gavda
og‘irligi chap oyoqqa salgina o‘tkaziladi. Keyin qo‘l silkinib o‘ngga
olib boriladi, tana og‘irligi o‘ng oyoqqa o‘tkaziladi. Bu paytda o‘ng
oyoq tovon bilan,
chap oyoq esa, oldingi qismi bilan yerga tiraladi.
Disk silkitilayotganda yelka bo‘g‘imidan yuqori ko‘tarilmasligi
kerak. Qo‘l bilan o‘ngga-orqaga silkinish yelka kengligining erkin
burilishi bilan birgalikda amalga oshiriladi va buning natijasida
uloqtiruvchining tanasi silkinish oxirida buralib, muvozanatni puxta
saqlab qolishi kerak. Silkitish vaqtidagi disk tutgan qo‘l
holatining
ikki xil varianti ko‘proq tarqalgan bo‘lib, ular aylanishning keyingi
harakatlarini bajarish bilan o‘zaro bog‘liqdir. Birinchi variantda
silkitilayotgan disk taxminan yelka bo‘g‘imi balandligida yoki sal
pastroq turadi. Bunda gavda odatda vertikal holatga yaqin bo‘lib, qo‘l
esa deyarli elka chizig‘ida yoki undan orqaroqda joylashadi.
Ikkinchi
variantda esa (kamroq uchraydi) gavda egilgan bo‘lib, disk yelka
bo‘g‘inidan pastroqda, diskni tutgan qo‘l esa, yelka chizig‘idan ancha
orqada turadi. Bunday holatda uloqtiruvchi silkitish vaqtida qo‘lini
413
band qilib qo‘yadi. Aylanish boshlanishidagi har ikkala variant ham
burilishni bir-biridan ancha boshqacha bajarishga olib keladi. Tajribali
uloqtiruvchilar tezda butun e’tiborni uloqgirishga jalb qilib, aylanishni
odatda birinchi qo‘l silkitishdayoq boshlaydilar.
Dostları ilə paylaş: