55
oyoqni yuqoriga siltab harakatlanmasdan, uni ko‘proq oldinga siljitish,
shuningdek,, gorizontga nisbatan gavda og‘ishini o‘zgartirgan holda
to‘g‘ri vaziyatni topish kerak. Ayni vaqtda, oyoqni yerga dag‘al harakat
bilan qo‘yish tavsiya etilmaydi, chunki bunday harakatlanishning
umumiy tezligi sekinlashadi. Sportchi doimo ravon va yumshoq tarzda
harakatlanishi zarurligini yodda tutmog‘i lozim.
Sportchi doimo harakatlar erkinligini sezib turishi kerak. Hara-
katlarning cheklanganligi shug‘ullanishni endigina boshlagan yosh
sport
chilar texnikasi uchun xosdir. Xatolarni harakatlanishining
nisba tan yuqori bo‘lmagan tezligida tuzatish qulaydir. Albatta, sport-
chining xatolarini tuzatishga ongli munosabati, deyarli, hamma vaqt
muvaffaqiyatli bo‘ladi. Asta-sekin yurish tezligi oshib boradi va
bellashuv tezligiga etadi. Ba’zan esa undan ham oshib ketadi.
Texnikani takomillashtirishda maxsus mashqlarni bajarishga katta
e’tibor beriladi. Bu holda, o‘z asosida sportcha yurish texnikasiga yaqin
bo‘lgan mashqlar yoki texnikaning alohida elementlari qo‘llaniladi.
Maxsus mashqlar-yil davomida bajariladi: ularning asosiy hajmi qish
va bahorga, ya’ni tayyorgarlik davriga to‘g‘ri keladi. Maxsus mashqlar
mashq qilish mashg‘ulotining asosiy qismida, shuningdek,, razminka
va ertalabki ixtisoslashgan zaryadkada ham bajarilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: