64
Masalan:
1 – kun - yurish tezligini takomillashtirish. Yurish qoidalarini buz-
magan holda juda tez maromda 12x400 m.ga sportcha yurish.
2 – kun - umumiy chidamlilikni takomillashtirish. Kross-40 min.
yoki o‘rmonda katta bo‘lmagan tezlikda yurish-2 soatgacha.
3 – kun - maxsus chidamlilikni takomillashtirish. Sportcha yurish
5 km.ga.
4 – kun - umumiy chidamlilikni takomillashtirish. Kross katta bo‘l-
ma gan tezlikda – 40 min.
5 – kun - dam olish. Ertalab razminka.
6 – kun - musobaqaga tayyorlanish. Razminka oxirida juda tez
maromda sportcha yurish 4x300 yoki 3x400 m.ga.
7 – kun - musobaqalar 10 yoki 20 km.ga 50 km.li masofaga
ixtisoslashgan tezyurar sportchilar ham shu uslub bo‘yicha mashq
qilishadi, biroq maxsus vositalarni umumiy hajmi ularda 1–4–1–3
marta katta bo‘ladi. Mashq qilish mashg‘ulotlarning intensivligi 50
km.li distansiyaga mos kelishi kerak.
Dostları ilə paylaş: