546
G‘ovlar osha yugurish oldidan razminkaning birinchi qismi –
sekin
yugurish va hamma yengil atletikachilar uchun taalluqli bo‘lgan
umumrivojlantiruvchi mashqlardan iborat, so‘ng g‘ov osharning
maxsus mashqlari bajariladi. Barcha tayyorgarliklar startga 5-10
minut qolganda tamomlanadi.
Yadro itqitishga tayyorgarlik musobaqaga 20 minut qolganda
boshlanadi. Bu asosan yadro itqituvchining maxsus mashqlaridan
iborat bo‘lib, musobaqadan 5-6 minut ilgari tamom bo‘ladi.
Agarda balandlikka sakrash bevosita yadro itqitishdan keyin
boshlanadigan bo‘lsa, yugurib
kelishlarni belgilab olib, 2-3 marta
planka ustidan sakrab o‘tish kerak. Ammo kuchni tejayman deb,
sakrashni yuqoriroqdan boshlash mumkin emas. Chunki bunday
tejamkorlik natijasida sportchi ayol o‘zining
eng yaxshi natijasiga
tayyorlanmay qolishi mumkin.
Agarda musobaqa programmasiga binoan yadro itqitishdan keyin
tanaffus beriladigan bo‘lsa, bu paytda razminka ikki qismdan iborat
bo‘ladi. Birinchi qismi sekin yugurish va umumrivojlantiruvchi
mashqlardan iborat bo‘lsa, ikkinchi qismi maxsus mashqlardan iborat
bo‘ladi.
Musobaqaning ikkinchi kunida
uzunlikka sakrash oldidan
sprintchilar va sakrovchilar uchun belgilangan odatdagi razminkani
bajarishdan keyin, yugurib kelishni belgilab turib, 1-3 marta sakrab
ko‘rish kerak. Birinchi urinishni dadillik bilan bajarib, keyingilarida
sharoitga qarab o‘zgartirishlar kiritish mumkin.
200 m ga yugurish oldidan
3
/
5
tezlikda 100-150 m yugurib o‘tib,
tayyorgarlikni startdan 8-10 minut oldin tugatish kerak.
Ko‘pkurashlar musobaqasidan keyin 10-12 minut sekin yugurib,
(o‘t ustida)
nafasni rostlab, dushga tushish mumkin.
Ko‘pkurashchilarning mashg‘ulotlari juda ham uzoq vaqt davom
etadi. Shuning uchun to‘g‘ri ovqatlanish tartibiga rioya qilish
kerak. Bundan tashqari, kuchni tiklashga yordam beruvchi S va V
vitaminlarini iste’mol qilib turish kerak. To‘g‘ri ovqatlanish ayniqsa
musobaqa paytida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, natijalariga ta’sir
qiladi.