552
chidamlilik darajasiga bog‘liqdir. Qizdirish qancha davom etishi
havoning haroratiga ham bog‘liqdir. Issiq paytlarda razminka uchun
yugurishi, razminkaning butun bir qismi singari kamaytirish kerak.
Razminka hammasi bo‘lib 30-40 daqiqa davom etadi.
Mashg‘ulotning asosiy qismi.
Ketma-ketlik quyidagicha bulgani ma’qulroq texnikani o‘rganish va
uni takomillashtirishga mo‘ljallangan mashqlarga, 2) tezkorlikni yoki
chaqqonlikni rivojlantiradigan mashqlar, 3) kuchni rivojlantiradigan
mashqlar, 4) chidamlilikni rivojlantiradigan mashqlar.
Texnikani o‘rganish va takomillashtirishga mo‘ljallangan mashqlar
razminka ketidan, yengil atletikachi hali charchamagani holda baja-
riladi,
Ko‘proq tezkorlikni oshirishga mo‘ljallangan maxsus mashqlar,
yugurish, sakrash va uloqtirish odatda qisqa vaqtli, lekin juda jadal
bo‘ lib, atletdan bor kuchini ishga solishni so‘raydi. Texnikani o‘rga-
nish va tezkorlikni rivojlantirishga qaratilgan mashqlardan keyin har
bir og‘irliklar bilan og‘irliksiz gimnastika asboblarda va shu kabi
kuchni rivojlantiradigan maxsus mashqlar kiritiladi.
Dostları ilə paylaş: