573
2. Bir necha davrali musobaqa o‘tkazilganda, mazkur masofada
g‘olibni hamda sportchilar egallagan o‘rinlarni aniqlash, ishtirokchilar
musobaqaning dastlabki davralarida ko‘rsatgan vaqtdan qat’i
nazar, final natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi. Finalga chiqmagan
ishtirokchilar orasida o‘rinlar finaldan avvalgi davralarda ko‘rsatilgan
natijalar bo‘yicha taqsimlanadi.
3. Qo‘shimcha finallar o‘tkazilganida, sportchilarga o‘rinlar “A”
final natijalari, keyin “B”, “V” finali, keyin esa finalchilar tarkibiga
kirmagan ishtirokchilar ko‘rsatgan natijalarga ko‘ra taqsimlanadi.
4. Musobaqaning biror bosqichiga uzrsiz sabab
bilan kelmagan
sportchi diskvalifikatsiya qilinadi, uning natijasi esa bekor qilinadi.
U,
shuningdek,, boshqa turlar (jumladan, estafetali yugurish) bo‘yicha
musobaqalarda qatnashishga ham qo‘yilmaydi.
5. Uzrli sabab bilan kelmagan sportchi musobaqaning mazkur
davrasida oxirgi o‘rinni egallaydi.
II. Balandlikka va langarcho‘p bilan sakrashlarda
1. O‘rinlar asosiy musobaqalarda ko‘rsatilgan natijalarga muvofiq
taqsimlanadi.
2. Agar balandlikni bir necha sportchi egallagan bo‘lsa, u holda
bunga eng kam urinish sarflagan sportchiga ustunlik beriladi.
3. Bu ko‘rsatkichlar ham bir xil bo‘lsa,
mazkur musobaqada barcha
balandliklarda (so‘nggi egallangan balandlikni ham hisobga olganda)
muvaffaqiyatsiz urinishlari miqdori eng kam bo‘lgan sportchiga
ustunlik beriladi.
4. Yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlar bo‘yicha g‘olibni aniqlash
mumkin bo‘lmasa, unda qayta sakrash o‘tkaziladi.
5. Qayta sakrash musobaqalarning davomi hisoblanib, qaydnomaga
kiritiladi, muayyan shaxsni aniqlash uchun xizmat qiladigan natijalar
rekord sifatida tasdiqlanishi va razryad me’yorlarini bajarish deb
inobatga olinishi mumkin. Sakrashlar eng oxirgi (egallanmagan)
balandlikdan boshlanadi, bittadan urinish imkoni beriladi.
Qaydnomadagi yozuvlarga muvofiq balandliklar ko‘tariladi yoki
pasaytiriladi. Ishtirokchi asosiy musobaqalarda o‘tkazib yuborgan
balandliklariga ham sakrashi shart. Boshqa
sportchilar egallagan
574
balandlikni ololmagan ishtirokchilar qayta sakrashdan chiqib ketadi.
Boshqa sportchilar ololmagan balandlikni egallagan ishtirokchiga
birinchi o‘rin beriladi. G‘olib aniqlanganidan so‘ng, qayta sakrash
to‘xtatiladi va unda ishtirok etgan boshqa sakrovchilarning o‘rinlari
taqsimlanadi. Birinchi o‘ringa da’vo
qilmagan ishtirokchilarning
ko‘rsatkichlari teng bo‘lsa ham o‘rinlar taqsimlanadi.
Dostları ilə paylaş: